Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyun, 2025   |   24 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:41
Bismillah
20 Iyun, 2025, 24 Zulhijja, 1446

Musibat yetganda aytilsa, Alloh rozi bo‘ladigan so‘zlar

06.11.2024   3770   2 min.
Musibat yetganda aytilsa, Alloh rozi bo‘ladigan so‘zlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: «Sizlarni bir oz xavf-xatar, ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, hosilga talafot yetkazish bilan sinaymiz. Musibat yetganda «Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz yana O‘ziga qaytamiz», degan sabrli zotlarga xushxabar beringki, ularga Robblaridan salavotlar va rahmat bor. Ana o‘shalar hidoyat topganlardir» (Baqara surasi, 155-157-oyatlar).

Biror musibat yetganda «Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz yana O‘ziga qaytamiz», desangiz, uchta narsaga erishasiz: Alloh sizga salavot aytadi, ya’ni sizni mag‘firat qiladi; Allohning rahmatiga erishasiz, bu rahmat bu dunyoda musibatning qayg‘usini yengillatsa, oxiratda esa marhamat bo‘ladi; hidoyat yo‘lini anglab, to‘g‘ri yo‘ldan yuradigan hidoyatli bandalardan bo‘lasiz, chunki Alloh taolo sizni ana shu musibatga sabr qiladigan afzal yo‘lga to‘g‘rilab qo‘yadi.

«Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz yana O‘ziga qaytamiz» degan jumlani aytish istirjo’ deyiladi. Istirjo’ aytish tufayli rahmatga erishganlarga eng yorqin misol – Ummu Salama onamiz roziyallohu anhodirlar.

Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Biror musulmonga musibat yetsa, Alloh buyurganidek, «Innaa lillaahi va innaa ilayhi rooji’uun. Allohumma’jirniy fiy musiibatiy, vaxlif liy xoyron minhaa» (Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz yana O‘ziga qaytamiz. Allohim, musibatim uchun menga ajr bergin, uning o‘rniga undan yaxshisini nasib qilgin) desa, Alloh uning o‘rniga undan yaxshisini beradi», deganlarini eshitgan edim. Erim Abu Salama vafot qilganida «Istirjo’ aytsam, Alloh undan yaxshisini beradi. Ammo Abu Salamadan yaxshiroq musulmon bormi? Axir u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga hijrat qilgan birinchi xonadon bo‘lsa», dedim. Ammo Nabiy sollallohu alayhi vasallamga itoat qilib, ixlos bilan istirjo’ aytaverdim. Bir kuni Hotib ibn Abu Balta’a menga sovchi bo‘lib keldi. So‘rasam, uni huzurimga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuborgan ekanlar! Nima deyishimni bilmay, «Mening emizikli chaqalog‘im bor-ku. Buning ustiga, men rosa rashkchiman», dedim. U zot: «Qizingning haqqiga duo qilamiz, Alloh uni behojat qiladi. Allohga duo qilaman, rashkni ham ketkazar», debdilar. Shunday qilib, Alloh taolo Abu Salamaning o‘rniga menga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlarini nasib qildi» (Imom Ahmad, imom Muslim rivoyati).

Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh, Abdulhamid Umaraliyev tarjimasi.

Boshqa maqolalar

Eng afzal sadaqa - suv ulashish

18.06.2025   6582   1 min.
Eng afzal sadaqa - suv ulashish

Sa’d ibn Uboda roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yo Rasululloh, onam vafot etdi. Onamning nomidan biror narsa sadaqa qilsam bo‘ladimi? Qaysi sadaqa afzal?” deb so‘radim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: (odamlarga) Suv ulashish”, dedilar (Imom Nasoiy rivoyati).

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, "Yo Allohning Rasuli! Onam to‘satdan jon taslim qildi. Vasiyat qila olmadi. O‘ylaymanki, agar gapira olganida, sadaqa qilgan bo‘lar edi. Endi uning nomidan sadaqa qilsam, unga ajr bo‘ladimi?" dedi. U zot alayhissalom: "Ha", dedilar» (Imom Muslim rivoyati).