Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: نَفْسُ الْمُؤْمِنِ مُعَلَّقَةٌ بِدَيْنِهِ حَتَّى يُقْضَى عَنْهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَأَحْمَدُ.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Mo‘minning ruhi to qarzini ado qilmaguncha qarziga bog‘liq bo‘lib turadi», dedilar» (Termiziy, Ibn Moja, Ahmad rivoyat qilganlar).
Sharh: Mo‘min kishining qarzi bo‘lsa, o‘lganidan keyin unga jannatdagi makoni ko‘rsatilmay turar ekan. Qachon qarzi uzilsa, o‘shandan keyingina ko‘rsatilar ekan. Bunda esa o‘ziga yarasha qabr azobi bor. Birovning haqqi shu darajada ahamiyatli. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ham qarzi borlarga o‘zlari janoza o‘qimagan hollari bo‘lgan.
Bundan kim qabrda noqulay holga tushib qolmay, desa, tirikligida o‘zida biror kishining haqqi qolmasligi uchun harakat qilishi lozim.
«Hadis va hayot» kitobi asosida tayyorlandi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan yuzasi arab yozuvidagi oyat, hadis va hikmatlar bilan ziynatlangan buyumlar mulyaji ham o‘rin olishi rejalashtirilgan. Jumladan, Markaz ekspozitsiyasidan joy olishi kutilayotgan X asrga oid "Allohdan boshqa iloh yo‘q” yozuvi tushirilgan ko‘za Somoniylar sulolasi davriga mansub artefakt hisoblanadi.
Islom dini Markaziy Osiyoga tarqalgandan keyin xattotlik san’ati shakllanib rivojlandi. Rassomlik o‘rniga xattotlik san’atiga ko‘proq e’tibor berildi. Buyumlar yuzasiga hikmatli so‘zlarni yozish urfga aylandi va arab yozuvi boshqa omillar qatorida Islom sivilizatsiyasi shakllanishiga turtki berdi.
Islom sivilizatsiyasi markazi
Axborot xizmati