Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Bir kuni Jabroil alayhissalom Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Mana, Xadicha qo‘lida bir idish bilan huzuringizga kelyapti. Unda nonxurush (yoki taom) va ichimlik bor. U huzuringizga yetib kelganida unga Robbi azza va jalladan va mendan salom ayting va unga jannatda la’ldan qilingan, g‘avg‘o ham, qiyinchilik ham bo‘lmaydigan uyning xushxabarini bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh va Jabroil alayhissalomning salomlarini suyukli yorlari Xadicha onamizga yetkazdilar. U zot ham salomlarni ulkan mamnuniyat ila qabul qildilar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Xadicha onamizning jannatdagi mavqeini bunday ta’riflaydilar: «Jannat ayollarining eng yaxshilari Xadicha, Fotima, Maryam va Osiyodir». Bu boradagi boshqa bir hadisning ma’nosi quyidagicha: «Dunyoda ham, oxiratda ham to‘rtta qadrli ayol bor. Imronning qizi Maryam, Fir’avnning xotini Osiyo, Xuvaylidning qizi Xadicha va Muhammadning qizi Fotima». Hazrati Aliy roziyalloxu anxu ham Payg‘ambarimiz alayhissalomning bunday deganlarini aytadi: «(Zamonasining) eng yaxshi ayoli Maryam bintu Imrondir. (Zamonasining) eng yaxshi ayoli Xadicha bintu Xuvayliddir».
«Millioner sahobalar» kitobidan
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan yuzasi arab yozuvidagi oyat, hadis va hikmatlar bilan ziynatlangan buyumlar mulyaji ham o‘rin olishi rejalashtirilgan. Jumladan, Markaz ekspozitsiyasidan joy olishi kutilayotgan X asrga oid "Allohdan boshqa iloh yo‘q” yozuvi tushirilgan ko‘za Somoniylar sulolasi davriga mansub artefakt hisoblanadi.
Islom dini Markaziy Osiyoga tarqalgandan keyin xattotlik san’ati shakllanib rivojlandi. Rassomlik o‘rniga xattotlik san’atiga ko‘proq e’tibor berildi. Buyumlar yuzasiga hikmatli so‘zlarni yozish urfga aylandi va arab yozuvi boshqa omillar qatorida Islom sivilizatsiyasi shakllanishiga turtki berdi.
Islom sivilizatsiyasi markazi
Axborot xizmati