Arab davlatlarining bir qator mutaxassislari azon ovozi bo‘yicha matematik tadqiqot olib borishdi. Ularning aniqlashicha, Yer yuzida azon ovozi 24 soat davomida to‘xtamas ekan. Yer sayyorasi 360 meridianga bo‘linadi. Har biri to‘rt daqiqa oralig‘ida bo‘ladi. Bu esa har to‘rt daqiqadan keyin yana boshqa joyda azon ovozi eshitilishini anglatadi. Bu esa Yer yuzida 1440 daqiqa yoki 24 soat azon ovozi eshitilib turishini bildiradi.
Akbarshoh Rasulov tarjimasi
Shayx Abu Ali Termiziy rivoyat qiladi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim ushbu duoni har bir namoz ortidan o‘qisa, albatta olim bo‘ladi", dedilar. Duo budir:
“Robbi zidniy ’ilman, va vassi’ liy rizqan. Va barik liy fiyma rozaqtaniy. Vaj’alniy mahbuuban fiy quluubi ’ibadika va ’azizan fiy ’uyunihim. Vaj’alniy vajiyhan fid dunya val axiroti va minal muqorrobiyn.
Ya kasiyron navvaal, ya hasanal fi’aal, ya qoiman bilaa zavaal! Ya mubdi’an bilaa misaal! Lakal hamdu va lakal minnatu va lakash sharafu ’alaa kulli haal!”.
Ushbuni u zot shayx Ibrohim Zamzamiyning xati bilan “An nafasul yamaaniy”da zikr qilganlar.