Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Oktabr, 2025   |   14 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:07
Quyosh
06:25
Peshin
12:16
Asr
16:12
Shom
18:01
Xufton
19:12
Bismillah
06 Oktabr, 2025, 14 Rabi`us soni, 1447
Yangiliklar

"O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor" nomli fotoko‘rgazma o‘tkazildi

12.11.2024   33376   1 min.

Bag‘rikenglik haftaligi doirasida 12 noyabr kuni Toshkent Fotosuratlar uyida "O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor" nomli fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ko‘rgazmada 60 dan ortiq fotoasarlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan bo‘lib, unda O‘zbekistonda mavjud yirik diniy konfessiyalar rahbarlarining o‘zaro do‘stona aloqalarini, mamlakatimizdagi turli diniy tashkilotlar, ibodatxonalar, ularning emin-erkin faoliyatini, bayram va tantanalar, diniy urf-odatlarni namoyish etuvchi fotosuratlar jamlangan. 

Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar tomonidan tomoshabinlar diqqatiga havola etilayotgan fotoasarlarda yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik aks ettirilgani haqida so‘z yuritilidi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Videolar

Mazhab ulamolarining jiddu jahdlari bilan mazhablar shakllangan

03.10.2025   4345   1 min.

«Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome’ masjidi imom-xatibi Ismoil domla Muhammad Yusuf

VIDEO