Sayt test holatida ishlamoqda!
26 May, 2025   |   28 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:16
Quyosh
04:56
Peshin
12:25
Asr
17:30
Shom
19:48
Xufton
21:21
Bismillah
26 May, 2025, 28 Zulqa`da, 1446
Maqolalar

Quloq qoqqandan keyin qo‘llar tushiriladimi?

13.11.2024   3312   1 min.
Quloq qoqqandan keyin qo‘llar tushiriladimi?

Savol: Ayrimlar namozga quloq qoqqandan keyin qo‘llarini bog‘lasa, yana kimlardir qo‘llarini pastga tushirib keyin bog‘laydi. Qay biri to‘g‘ri?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozxon takbir aytib quloq qoqqandan keyin qo‘llarini pastga tushirmaydi, balki takbirni aytgandan keyin darhol bog‘laydi. Fuqaholarimizning javoblari mana shunday bo‘lgan. “Kamolud diroya” kitobida bunday deyilgan:

وفي ((الظّهيريّة)): ولا يرسل يديه بعد الفراغ من التَّحريمة، بل يضع كما فرغ منها عند أبي حنيفة وأبي يوسف رحمهما الله 

“Zahiriya”da takbiri tahrimadan keyin qo‘llarini tushirmaydi, balki takbirdan bo‘shashi bilanoq qo‘llarini bog‘laydi. Bu imom Abu Hanifa va Abu Yusuf rahimahullohlar nazdidadir”.


إذا كبر للافتتاح لا يُفَرِّجُ أصابعه كل التفريج بخلاف حالة الركوع، ولا يُرسل يديه بعد التكبير، بل يأخذهما ويضع يمينه على شماله تحت السُّرَّة

“Namozga kirish uchun takbir aytganda barmoqlarini rukudagi kabi butunlay ochmaydi. Takbirdan keyin qo‘llarini pastga tushirmaydi, balki o‘ng qo‘lini chap qo‘li ustiga, kindik ostiga qo‘yadi” (“Fatovoi Sirojiya” kitobi).

Shuni bilish kerakki, bu qaysi holat afzalligini o‘rgatuvchi masaladir. Kimdir qo‘llarini tushirib, keyin bog‘lagan bo‘lsa, namozi buzilgan deyilmaydi, balki afzal ishni tark qilgan bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi
 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Mazhablar deganda nimani tushunasiz?

23.05.2025   4126   1 min.
Mazhablar deganda nimani tushunasiz?

Abdulhakim Supiyev, Pop tumani bosh imom-xatibi