Ayni paytda Respublikamizdagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imomlar o‘rtasida “Yil imomi – 2024” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi boshlandi.
Unda mazkur musobaqaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan imom-domlalar o‘zaro bellashmoqda.
Nufuzli ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini taniqli ulamo va tajribali ustozlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan adolat mezonlari asosida munosib baholab borilmoqda.
Tanlov tafsilotlarini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
MUSLIM.UZ
#xabar #yil_imomi #tanlov #final
Bomdod namozi kirgach to quyosh chiqquncha Qur’on tilovati, zikrlar, ilm yoki boshqa xayri ishlar bilan shug‘ullanish o‘rniga dunyoviy gap-so‘zlar bilan vaqt o‘tkazish makruhi tanzihiydir. Chunki bu vaqtda qilingan zikrlar uchun juda katta savoblar va’da qilingan, mo‘min bandaga bunday imkoniyatni boy berish to‘g‘ri kelmaydi.
Ilm bilan shug‘ullanish, solihlarning hikoyasini o‘qish yoki tinglash, mehmon bilan yoki hojati bor odam bilan gaplashish xayrli ish hisoblanadi, shuning uchun bular makruh emas, aksincha mustahab bo‘ladi.
Albatta, hojat yoki zarurat bo‘lgani uchun dunyoviy gaplar so‘zlashning hech qanday ziyoni yo‘q.
Prof. Dr. Saloh Abul Hojning «Til sayqali» kitobidan