Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyun, 2025   |   17 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:38
Shom
20:00
Xufton
21:38
Bismillah
13 Iyun, 2025, 17 Zulhijja, 1446
Maqolalar

Gunohkordan nafratlanilmaydi

14.11.2024   3172   1 min.
Gunohkordan nafratlanilmaydi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ma’ruf Karxiy rahimahulloh yoronlari bilan Bag‘dodda daryo yoqasida o‘tirgan edilar. Shunda daryo yoqalab bir qancha yosh yigitlar gaplashib, kulishib, raqs tushib, mast bo‘lib o‘tib ketishdi. Boshqa bir yo‘lovchilar Ma’ruf Karxiyni tanib qolib: "Ey Shayx, bu yigitlarning Allohga isyon qilib yurishlariga indamay turasizmi? Ularni duoibad qilmaysizmi?" deyishdi. Shunda Ma’ruf Karxiy hazratlari qo‘llarini osmonga ko‘tarib: "Allohim, ularni bu dunyoda xursand qilib qo‘yganingdek, oxiratda ham ularni xursand qilgin", deb duo qildilar. Boyagi kishilar bundan hayron bo‘lib: "Ularni duoibad qilish o‘rniga ularning haqqiga duoixayr qildingizku?" deyishdi. Ma’ruf Karxiy rahimahulloh: "Agar Alloh taolo ularni oxiratda xursand qilsa, demak ularni bu dunyoda tavba qilishlariga muvaffaq qiladi", dedilar.

Abu Homid G‘azzoliyning "Ihyou ulumiddin" kitobidan.

Bu rivoyatdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, Allohning do‘sti bo‘lgan valiy zot Ma’ruf Karxiyning tariqatlarida insonlarga hidoyat va yaxshilikni ixlos bilan tilash asos qilib olingan. Umuman olganda barcha tasavvuf tariqatlari insonlarga faqat ezgulik tilashni o‘zlariga asos qilib olgan, ularga na zohirda va na botinda zarar berishdan butkul yiroq. Zero, Alloh yaratgan maxluqotlarga nisbatan dilda yomon ko‘rish va nafrat saqlash Islom dini axloqidan emas. To‘g‘ri, gunoh har doim ham yomon ko‘riladi, lekin gunohkorning o‘zidan nafratlanilmaydi.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Tuya qurbonlik qilishni istaysizmi?

06.06.2025   19258   1 min.
Tuya qurbonlik qilishni istaysizmi?

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Jumaga erta borganga tuya qurbonlik qilganning savobi beriladi...

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachonki, juma kuni bo‘lsa, masjidning eshiklaridan har bir eshikda farishtalar turadi va kelganni yozadilar. Qachonki imom kelsa, sahifalarni yopib, zikrni tinglashga kelurlar. Erta boruvchi xuddi tuya qurbonlik qilgan kabidir.

So‘ngra, xuddi qoramol qurbonlik qilgan kabi.

So‘ngra, xuddi qo‘chqor qurbonlik qilgan kabi.

So‘ngra, xuddi tovuq qurbonlik qilgan kabi.

So‘ngra, xuddi tuxum qurbonlik qilgan kabi",
dedilar.