Sayt test holatida ishlamoqda!
30 May, 2025   |   3 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:12
Quyosh
04:53
Peshin
12:26
Asr
17:32
Shom
19:51
Xufton
21:26
Bismillah
30 May, 2025, 3 Zulhijja, 1446
Maqolalar

Ikki farishtani hayron qoldirgan so‘zlar

20.11.2024   5360   2 min.
Ikki farishtani hayron qoldirgan so‘zlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularga quyidagilarni gapirib bergan ekan:

“Allohning bandalaridan bir banda: “Yaa Robbi lakal hamdu kama yambag‘iy lijalali vajhika va aziymi sultonika”, deb (savob va gunohlarni yozib boradigan) ikki farishtani qiyin ahvolga solib qo‘ygan. U ikkisi qanday (ya’ni, nima deb) yozishni bilmay, osmonga ko‘tarildilarda Alloh taologa: “Robimiz, bir bandang biz nima deb yozishni bilmaydigan bir gap  aytdi”, deyishdi. Alloh azza va jalla  bandasi nima deganini bilib tursada, “Bandam nima dedi?” deya so‘radi. Ular: “Ey Parvardigor bandang “Yaa Robbiy lakal hamdu kama yambag‘iy lijalali vajhika va aziymi sultonika dedi”, deyishdi. Shunda Alloh ikki farishtaga: “Aytganidek holda yozinglar. Menga ro‘baro‘ kelganida uni mukofotini O‘zim beraman”, dedi (Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyati).

U so‘zlarning ma’nosi: “Ey Robbim, Senga O‘zingni buyukliging va saltanatingni  ulug‘ligiga yarasha va munosib hamd bo‘lsin”.

Haqiqatda inson qo‘liga tasbeh olib, minglab hamd aytganida ham Alloh taolo bergan bittagina ne’matining shukrini ham ado etolmaydi. Holbuki, bizga berilgan ne’matlarning sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Qolaversa, hamd aytishning o‘zi ham bir ne’mat. Bitta hamd ayta olgan kishi mana shu baxtga muyassar qilgan Zot Alloh taologa yana shukr qilishi kerak. Chunki, Alloh taoloning rizqini yeb, Uni taniyolmay dahriy bo‘lib yurganlar qancha?! Shuning uchun hadisi sharifda kelgan so‘zlarni aytsa, eng oliy darajadagi hamdni aytgan bo‘ladi. Sababi, uning ma’nosi cheksiz hamdu sano bo‘lsin demakdir. Natijada hatto farishta ham havas qiladigan mukofotga erishadi. 

Alloh taolo barchamizni shunday maqomlarga munosib bandalaridan qilsin. Omiyn.                      

Bahodir Bahromjon o‘g‘li

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda

26.05.2025   4459   2 min.
Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. 


Ochilish marosimida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, Sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov qatnashib, ishtirokchilarni tabriklash barobarida ulug‘ alloma bobomiz nomi ostida o‘tkazilayotgan musobaqaning ahamiyati, ta’lim-tarbiyaga berilayotgan e’tibor to‘g‘risida nutq so‘zlashdi. 


Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga haj safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Makka shahridan videotabrik yo‘llab, ishtirokchilarni qutlash barobarida dinimiz kishilarni sport bilan shug‘ullanishga buyurganini ta’kidlab, jumladan bunday dedilar: 


– Dinimiz insonlarni har tomonlama kuchli, baquvvat, jismonan va ruhan sog‘lom bo‘lishga targ‘ib etadi. Quvvatli inson, avvalo, o‘zi uchun, qolaversa, atrofdagi, jamiyatdagi insonlar uchun manfaatlidir. Kuch-quvvatli, chiniqqan inson ibodatda mustahkam bo‘lish barobarida insonlarga yordam qo‘lini cho‘zishda, yurt rivojiga hissa qo‘shishda barchaga o‘rnak bo‘ladi. Zero, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Farzandlaringizga suzishni, kamondan o‘q otishni va ot minishni o‘rgatinglar”, deya marhamat qilganlar. Boshqa bir hadisi sharifda: “Yozishni, suzishni va kamondan o‘q otishni ta’lim berish farzandning ota-onada zimmasidagi haqqidir”, deganlar.


Ilk marotaba tashkil etilayotgan ushbu sport musobaqasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Akademiya qoshidagi akademik litsey, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi va Termiz islom instituti talabalari mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka kabi sport turlari bo‘yicha bellashish barobarida milliy o‘yinlar – kurash, arqon tortish, tosh ko‘tarish kabi bahslarda ham qatnashmoqda. 


Mazkur tadbir Prezidentimiz tashabbusi, tegishli qaror va farmonlari ijrosi o‘laroq tashkil etilgan bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga va jismoniy faollikka jalb qilish, do‘stona aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. 


Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov "Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi o‘rtasida Hamkorlik kelishuvlari imzolandi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda Ilk marotaba “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqaci o‘tkazilmoqda
O'zbekiston yangiliklari