Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyun, 2025   |   19 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:39
Bismillah
15 Iyun, 2025, 19 Zulhijja, 1446
Maqolalar

Ikki farishtani hayron qoldirgan so‘zlar

20.11.2024   5586   2 min.
Ikki farishtani hayron qoldirgan so‘zlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularga quyidagilarni gapirib bergan ekan:

“Allohning bandalaridan bir banda: “Yaa Robbi lakal hamdu kama yambag‘iy lijalali vajhika va aziymi sultonika”, deb (savob va gunohlarni yozib boradigan) ikki farishtani qiyin ahvolga solib qo‘ygan. U ikkisi qanday (ya’ni, nima deb) yozishni bilmay, osmonga ko‘tarildilarda Alloh taologa: “Robimiz, bir bandang biz nima deb yozishni bilmaydigan bir gap  aytdi”, deyishdi. Alloh azza va jalla  bandasi nima deganini bilib tursada, “Bandam nima dedi?” deya so‘radi. Ular: “Ey Parvardigor bandang “Yaa Robbiy lakal hamdu kama yambag‘iy lijalali vajhika va aziymi sultonika dedi”, deyishdi. Shunda Alloh ikki farishtaga: “Aytganidek holda yozinglar. Menga ro‘baro‘ kelganida uni mukofotini O‘zim beraman”, dedi (Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyati).

U so‘zlarning ma’nosi: “Ey Robbim, Senga O‘zingni buyukliging va saltanatingni  ulug‘ligiga yarasha va munosib hamd bo‘lsin”.

Haqiqatda inson qo‘liga tasbeh olib, minglab hamd aytganida ham Alloh taolo bergan bittagina ne’matining shukrini ham ado etolmaydi. Holbuki, bizga berilgan ne’matlarning sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Qolaversa, hamd aytishning o‘zi ham bir ne’mat. Bitta hamd ayta olgan kishi mana shu baxtga muyassar qilgan Zot Alloh taologa yana shukr qilishi kerak. Chunki, Alloh taoloning rizqini yeb, Uni taniyolmay dahriy bo‘lib yurganlar qancha?! Shuning uchun hadisi sharifda kelgan so‘zlarni aytsa, eng oliy darajadagi hamdni aytgan bo‘ladi. Sababi, uning ma’nosi cheksiz hamdu sano bo‘lsin demakdir. Natijada hatto farishta ham havas qiladigan mukofotga erishadi. 

Alloh taolo barchamizni shunday maqomlarga munosib bandalaridan qilsin. Omiyn.                      

Bahodir Bahromjon o‘g‘li

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hojilar prezidentimiz va xalqimizga hayit tabrigi yo‘llab, ezgu tashabbusga ahd qildilar

09.06.2025   10298   2 min.
Hojilar prezidentimiz va xalqimizga hayit tabrigi yo‘llab, ezgu tashabbusga ahd qildilar

#xabar #haj2025 #tabrik

Muqaddas zaminda haj ibodatini ado etayotgan millionlab mo‘min-musulmonlar qatori 15 ming nafar yurtdoshlarimiz Mino va Arafot kabi muborak manzillarda ulug‘ amallarni ixlos ila bajarmoqdalar.


Shu yil 5 iyun Arafa kuni Makkai mukarramadagi Arafot hududida bo‘lib turgan hojilarimiz toatu ibodatlarda bo‘lib, muhtaram Prezidentimiz va xalqimizga Qurbon hayiti tabriklarini yo‘lladilar. (https://muslim.uz/e/post/43499-o-zbekiston-hojilarining-prezident-shavkat-mirziyoyevga-qurbon-hayiti-munosabati-bilan-yo-llagan-tabrigi) Uni haj ibodatini ixlos ila ado etayotgan hojilarimiz nomidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqanazar hazratlari o‘qib eshittirdilar. Unda jumladan bunday deyilgan: 
 

“Hurmatli Prezident Sizni va Siz orqali yurtdoshlarimizni haj ibodatini ado etayotgan hamyurtlarimiz nomidan musulmon ummati uchun eng ulug‘ bayram – Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.


Biz, o‘zbekistonlik hojilar shunday fayzli kunlar uchun shukronalar aytib, Haq taolodan jonajon yurtimizga qut-baraka, aziz xalqimizga farovonlik va farzandlarimizga barkamollik so‘rab ezgu duolar qilmoqdamiz.


Zero, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam “Duolarning eng yaxshisi arafa kuni qilingan duodir”, deb xushxabar berganlar.


Shuningdek, hojilarimiz gunohlar afv etiladigan va duolar ijobat bo‘ladigan Arafotda turib, Alloh taolodan Yurtboshimizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va ulkan muvaffaqiyatlar tilab, xayrli ishlari doimo bardavom bo‘lishini iltijo qilib so‘rashdi.


Shu bilan birga yurtimiz hojilari yaratib berilgan imkoniyatlar va ko‘rsatilgan ehtiromdan ruhlanib, yurtga qaytgandan keyin “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” degan ezgu tashabbusni amalga oshirishni bir ovozdan ilgari surdilar. (https://muslim.uz/e/post/43499-o-zbekiston-hojilarining-prezident-shavkat-mirziyoyevga-qurbon-hayiti-munosabati-bilan-yo-llagan-tabrigi)


Alloh taolo mo‘min-musulmonlarning hajlarini mabrur aylasin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hojilar prezidentimiz va xalqimizga hayit tabrigi yo‘llab, ezgu tashabbusga ahd qildilar Hojilar prezidentimiz va xalqimizga hayit tabrigi yo‘llab, ezgu tashabbusga ahd qildilar Hojilar prezidentimiz va xalqimizga hayit tabrigi yo‘llab, ezgu tashabbusga ahd qildilar Hojilar prezidentimiz va xalqimizga hayit tabrigi yo‘llab, ezgu tashabbusga ahd qildilar Hojilar prezidentimiz va xalqimizga hayit tabrigi yo‘llab, ezgu tashabbusga ahd qildilar Hojilar prezidentimiz va xalqimizga hayit tabrigi yo‘llab, ezgu tashabbusga ahd qildilar Hojilar prezidentimiz va xalqimizga hayit tabrigi yo‘llab, ezgu tashabbusga ahd qildilar Hojilar prezidentimiz va xalqimizga hayit tabrigi yo‘llab, ezgu tashabbusga ahd qildilar Hojilar prezidentimiz va xalqimizga hayit tabrigi yo‘llab, ezgu tashabbusga ahd qildilar
O'zbekiston yangiliklari