Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Iyun, 2025   |   16 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:38
Shom
20:00
Xufton
21:38
Bismillah
12 Iyun, 2025, 16 Zulhijja, 1446

Men o‘qigan kitoblarni o‘qigan biron odamni ko‘rmaganman

20.11.2024   5267   1 min.
Men o‘qigan kitoblarni o‘qigan biron odamni ko‘rmaganman

Bismillahir Rohmanir Rohiym

“Hozirgi zamonda men o‘qigan kitoblarni o‘qigan biron odamni ko‘rmaganman”

Ushbu jumlalarni hijriy o‘ninchi asrda yashab o‘tgan mashhur olim Abul Mavohib Sha’roniy o‘zlarining "Latoiful minan" kitoblarida yozganlar. U Zot buni faxr uchun emas, balki Alloh taolo bergan ne’matlar qatorida zikr qilganlar. Imom Sha’roniy so‘zlarining davomida qariyb mingga yaqin kitoblarni nomini sanab o‘tib, o‘qigan kitoblari ichida eng asosiylari mana shular ekanini, hamma kitoblarning nomini birma-bir yozishi vaqt va kitobdan joyni egallashini aytadilar. Darvoqe’, ushbu olim mutolaa qilib chiqqan kitoblari orasida, birgina kitob qirq besh jildni tashkil qiluvchi tafsirga oid manbalar ham bor.  

Imom Sha’roniy o‘z davrining 50 dan ortiq eng mashhur shayx va olimlaridan ta’lim olgan. Alloh taolo ilmiga baraka berib, diniy fanlarga doir 300 dan ortiq kitoblar yozib qoldirgan.  

Xullas, tafsir, hadis, aqida, fiqh, usulul fiqh va boshqa diniy ilmlarda zamonasining eng bilimdoni bo‘lgan ushbu olim mazhabda Imom Shofe’iyga taqlid qilgan! Aqidada ahli sunna val jamoa — Imom Moturidiy va Imom Ash’ariy manhajida, tasavvufda esa Shoziliyya tariqatida bo‘lgan. 

Endi hozirgi kunimizda bir nechta hadisni o‘qib, uni o‘zicha tushunib olib “Men Qur’on va sunnatdan o‘zim hukm olaman” deydigan yoshlar insof qilsalar bo‘lardi...

Abdullatif Tursunov  

Boshqa maqolalar

Minoda ziyoratchilarimiz toat-ibodat va duolar bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda

05.06.2025   6563   1 min.
Minoda ziyoratchilarimiz toat-ibodat va duolar bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda

Bugun, Zulhijjaning 8-kuni mehmonxonadan tashkiliy guruh boshchiligida avtobuslarda talbiya aytib, Minoga yetib kelgan bo‘lg‘usi hojilarimiz: "Allohim bu Minodir. Sen do‘stlaringga ato etgan ehsonlaringdan menga ham in’om et!”, deb duolar qilishdi. 
 

Mino maydonida O‘zbekiston hojilari uchun alohida joy ajratilgan. Bu yerda hojilarimiz bemolol ibodat qilishlari uchun sharoit hozirlangan. Shuningdek, tamaddi qilishlari uchun turli xil taomlar, choy, suv kabi ichimliklar chodirlarga olib kelib ulashilmoqda. 


Nabiy alayhissalom sunnatlariga muvofiq, bugun Minoda tarviya kuni peshin, asr, shom, xufton namozlari o‘qiladi. Ayni paytda o‘zbekistonlik ziyoratchilar Mino vodiysida erta tongdan to kun botgunga qadar ulamolarning suhbatlaridan bahramand bo‘lib, toatu ibodat va duoyu iltijolar bilan o‘tkazishmoqda. 


Alloh taolo barcha hojilar qatorida, yurtimiz hojilarining ham duo va ibodatlarini qabul aylasin. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Minoda ziyoratchilarimiz toat-ibodat va duolar bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda Minoda ziyoratchilarimiz toat-ibodat va duolar bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda Minoda ziyoratchilarimiz toat-ibodat va duolar bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda Minoda ziyoratchilarimiz toat-ibodat va duolar bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda Minoda ziyoratchilarimiz toat-ibodat va duolar bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda Minoda ziyoratchilarimiz toat-ibodat va duolar bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda Minoda ziyoratchilarimiz toat-ibodat va duolar bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda Minoda ziyoratchilarimiz toat-ibodat va duolar bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda Minoda ziyoratchilarimiz toat-ibodat va duolar bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda