Sayt test holatida ishlamoqda!
23 May, 2025   |   25 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:19
Quyosh
04:58
Peshin
12:25
Asr
17:29
Shom
19:45
Xufton
21:18
Bismillah
23 May, 2025, 25 Zulqa`da, 1446
Maqolalar

Nima uchun g‘am-tashvish jannatda Rasululloh ﷺ bilan birga bo‘lishingizga sabab bo‘ladi?

04.12.2024   3515   1 min.
Nima uchun g‘am-tashvish jannatda Rasululloh ﷺ bilan birga bo‘lishingizga sabab bo‘ladi?

Robi’a ibn Ka’b Aslamiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men ko‘pincha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga tunab qolar edim. Bir kuni u zotga tahorat suvi va boshqa kerakli narsalarni olib keldim. U zot menga «So‘ra», dedilar. «Jannatda siz bilan hamroh bo‘lishni so‘rayman», dedim. «Bundan boshqa narsani emasmi?» dedilar. «Yo‘q, shuning o‘zini», degan edim, «Unda ko‘p-ko‘p sajda qilib, bu ishda menga yordam bergin», dedilar» (Imom Muslim rivoyati).

Buning ma’nosi «Alloh so‘ragan narsangni ro‘yobga chiqarishi uchun menga yordam berib, farz va nafl namozlar o‘qib, ko‘p sajda qil. Ana shu sajdalar jannatga kirib, menga hamroh bo‘lishingga vasila bo‘ladi», deganidir.

 Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh, Abdulhamid Umaraliyev tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Alloh taolo qalbni O‘zi uchun yaratgan

23.05.2025   666   1 min.
Alloh taolo qalbni O‘zi uchun yaratgan

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ta’lim berayotgan barcha duolarning tub maqsadi shuki, qay holatda, qanday ishda mashg‘ul bo‘lsangiz ham, qalbingiz faqat Alloh tomonga qarasin. Bu qalbni Alloh taolo O‘zi uchun yaratgan. Ko‘z, quloq, til va boshqa a’zolar dunyoviy ishlar uchun, ular orqali dunyoviy maqsadlarga erishiladi. Lekin qalbni Alloh taolo xolis O‘zi uchun yaratgan. Toki, unda Allohning tajalliysi (nuri) bo‘lsin, Allohning muhabbati ila yashnasin, Allohning zikri ila obod bo‘lsin.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Eng afzal amal bandaning tili Allohning zikri ila nam bo‘lishidir», dedilar.

Tilni Alloh taolo qalbga tushadigan zina qilgan. Til bilan zikr qilaversang, inshaAlloh, u zikr qalbga naqshlanib boraveradi. Alloh taoloning yodi va muhabbati shu darajada jo bo‘lsinki, qalb Alloh taoloning tajalliygohi (nuri tushadigan joy) bo‘lsin. Tariqat, tasavvuf va sulukning asl maqsadi ham shudir.

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan

Maqolalar