Shu yil 7-11 dekabr kunlari Misr davlatida "31-xalqaro Qur’on musobaqasi" bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqada Toshkent shahar Mirzo Uug‘bek tumani "Oltintepa" jome masjidi imom noibi Olimjonov Habibulloh qori Qur’on musobaqasida qatnashadi. Vakilimiz ertaga Misr shahriga jo‘nab ketadi.
Shu munosabat bilan Habibulloh qori bugun 4 dekabr kuni "Qur’on va tajvidni o‘rgatish" bo‘limiga kelib, bo‘lim mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdumdan kerakli ko‘rsatma va xayrli duolarni oldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Baqara surasining oxirgi ikki oyatini tunda o‘qisa, unga kifoya qiladi”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).
Mufassirlar mazkur ikki oyatning insonga kifoya qilishi borasida: “Baqara surasining oxirgi ikki oyatini o‘qigan insonga mazkur oyatlar uning hayoti davomida uchraydigan g‘am-tashvishlardan, yomonliklardan kifoya bo‘ladi. Kim kech kirganda mazkur ikki oyatni o‘qisa, go‘yo kechani ibodat bilan bedor o‘tkazgandek savob olishiga kifoya qiladi”, deyishgan.
Boshqa bir qavlda: “Kim mazkur ikki oyatni tunda o‘qisa, tuni bilan Qur’onni o‘qib chiqqandek savobga kifoya qilinadi”, deyilgan.