Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyun, 2025   |   10 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:07
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:56
Xufton
21:33
Bismillah
06 Iyun, 2025, 10 Zulhijja, 1446

Alloh namozimni qabul qilmaydi...

14.12.2024   5228   1 min.
Alloh namozimni qabul qilmaydi...

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ba’zi qizlar gunohlari sababli namoz o‘qishga sustkashlik qilishadi, ba’zan esa butunlay tashlab qo‘yishadi. O‘zlaricha «Shuncha gunohlarim bor, Alloh namozimni qabul qilmaydi», deb o‘ylashadi.

Bunday qilgan qiz shaytonga ikki marta aldanadi:

Birinchisi – shayton uni gunohga yetaklaganida aldanadi. Keyin shu gunohi sababli qalbida qora dog‘ qoladi, vijdoni qiynalib, yuragi siqiladi.

Ikkinchisi – shu gunohi uchun shayton uni namozdan uzoqlashtirganda aldanadi. Shayton «Endi qaysi yuzing bilan namozda Allohning huzurida turasan? Alloh gunohkor bandaning ibodatini qabul qilmaydi. Ham gunoh qilib, ham ibodat qilib, Robbingning ustidan kulyapsanmi? Sen bir gunohkor bo‘lsang, nimangga namoz o‘qiysan?» kabi gaplar bilan vasvasa qiladi. Qarabsizki, bechora qiz ham gunohga botadi, ham namoz o‘qimay qo‘yadi – ikki martalab gunohkor bo‘ladi. Borgan sari qalbida qora dog‘lar ham, g‘am-tashvishlari ham ko‘payib boraveradi.

Agar bu qiz tavba namozi borligini bilsa, Alloh farz qilgan, qalbiga sokinlik, osoyishtalik ato etadigan besh mahal namoz tufayli gunohlari yuvilib ketishini bilsa, namozini tamomlagunicha Alloh uning gunohlarini kechirib yuborishini bilsa, namozga shoshilgan bo‘lmasmidi? Aynan ana shu gunohlari namozni mahkam tutishiga, o‘qiganda ham, xushu’ va ixlos bilan o‘qishiga turtki bo‘lmasmidi?

Afsus. Alloh taolo hammamizga insof, tavfiq bersin...

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

03.06.2025   7635   1 min.
“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, siyosiy fanlar doktori, professor Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi mutaxassisi Hurmuhammad Nurbayev Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursida bo‘lishdi. 
 

O‘quv kursida 3 oy ta’lim olib, tahsilni yakunlagan 28-davra bitiruvchilari uchun tadbir tashkil etildi.

Yakunda bitiruvchilarga sertifikat va mus'hafi shariflar hadya qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi
O'zbekiston yangiliklari