Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Aprel, 2025   |   15 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:24
Quyosh
05:47
Peshin
12:29
Asr
17:05
Shom
19:04
Xufton
20:22
Bismillah
13 Aprel, 2025, 15 Shavvol, 1446
Maqolalar

Istig‘fordan keyin qanday duo qilinadi?

14.12.2024   4646   1 min.
Istig‘fordan keyin qanday duo qilinadi?

Cavol: 100 marta astag‘firulloh aytgandan keyin qanday duo qilinadi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Istig‘for, shu kabi salavot va tasbehlardan keyin muayyan bir duoni o‘qish buyurilmagan. Lekin duo ayni ibodat sanaladi. Uni har qanday munosib holatlarda qilish joiz. Jumladan, savobli amallar: namoz, ro‘za, zikru tasbehlar kabi ibodatlardan keyin duo qilinsa, ijobatga yaqin bo‘ladi. Istasa ushbu zikru tasbehlarining savobini kimgadir bag‘ishlaydi.

Demak, istig‘for va zikru tasbehlardan keyin duo qilish shart emas, lekin duo qilmoqchi bo‘lsa, bunga mone’lik yo‘q. Duo qilgani uchun alohida savob oladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi markazi – meros va bilim targ‘ib etuvchi maskan

08.04.2025   2296   1 min.
Islom sivilizatsiyasi markazi – meros va bilim targ‘ib etuvchi maskan

O‘monning “Ar-Ro‘ya” nashri jurnalist Ibrohim Al-Hodiyning “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi: meros va bilimlarni targ‘ib qiluvchi madaniy yodgorlik” sarlavhali maqolasini chop etdi.

– Toshkentdagi Islom Sivilizatsiyasi markazi O‘zbekistonning madaniy muloqotni rivojlantirishga sodiqligini tasdiqlagan holda, islom merosini asrab-avaylab, bu boradagi mavjud an’analarni targ‘ib etadigan global markazga aylanishni maqsad qilgan, – deb yozadi muallif. – 2018 yil Ramazon hayiti kuni inshoot poydevoriga tamal toshi qo‘yilgan. Hazrati Imom tarixiy majmuasi hududida joylashgan markazning mahobati har qanday kishini o‘ziga rom qiladi...

An’anaviy o‘zbek me’morchiligi va zamonaviy texnologiyani mujassam etgan markaz uch qavatli keng binodan iborat, baland gumbazli islom dizayni ulug‘vorligini aks ettiradi.

Markazning maqsadi musulmon olimlari mehnatini hujjatlashtirish, UNESCO va ISESCO kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bag‘rikenglikka asoslangan qadriyatlarni targ‘ib qilishdir.

Markaz asrlar davomida islom sivilizatsiyasi rivojini o‘rganuvchi bir necha asosiy bo‘limni o‘z ichiga olgan. Ikkinchi qavatda noyob eksponatlarga boy keng muzey, kattagina majlislar zali, uchinchi qavatda minglab qo‘lyozmalar, ulkan kutubxona bor.

Ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda, butun dunyo tadqiqotchilari ishtirokida ko‘plab loyihalar amalga oshiriladigan ushbu markaz ilmiy va madaniy almashinuv maydoniga aylanishi kutilmoqda.

M.Pirmatova, O‘zA

O'zbekiston yangiliklari