Sayt test holatida ishlamoqda!
25 May, 2025   |   27 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:17
Quyosh
04:56
Peshin
12:25
Asr
17:30
Shom
19:47
Xufton
21:20
Bismillah
25 May, 2025, 27 Zulqa`da, 1446

Rasululloh ﷺning masjidlariga yangi gilamlar to‘shaldi

18.12.2024   3538   1 min.
Rasululloh ﷺning masjidlariga yangi gilamlar to‘shaldi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Madinada – Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam masjidlarining shimoliy qismiga yangi gilamlar to‘shaldi. Ushbu tashabbus Payg‘ambarimiz masjidi ma’murlari tomonidan amalga oshirildi.

Tashrif buyuruvchi ziyoratchilar o‘z ibodatlarini yanada qulay ado etishlari uchun ushbu xayrli ishga qo‘l urildi. Eski gilamlar o‘rniga sifatli yangi gilamlar solindi, bu esa o‘z navbatida ziyoratchilarga qulaylik, o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi.

Gilamlarni almashtirish jarayonida ziyoratchilarning ibodatlariga xalaqit bermagan holda puxta reja bilan yangi gilamlar  solindi. Bu esa ziyoratchilarning ibodatlarini uzluksiz ado etishga imkon berdi.

Boshqa maqolalar

Siz shunday kasallikka chalinganmisiz?

23.05.2025   3431   1 min.
Siz shunday kasallikka chalinganmisiz?

Dunyoda bir kasallik bor. Uning nomi "ne’matga o‘rganib qolish"dir.

Bunda ne’matlarga shu qadar o‘rganib qolasizki, go‘yo ular ne’mat emasdek.

Uyingizga kirasiz. Ahlingiz sog‘-salomat. Buning uchun shukr qilmaysiz. Chunki bu ne’matga o‘rganib qolgansiz.

Istagan narsangizni sotib olasiz. Buni sizga in’om qilgan Zotga shukr qilmaysiz. Chunki sotib olishga o‘rganib qolgansiz.

Uyqudan uyg‘onasiz. Sog‘-salomatsiz. Hamd aytmaysiz. Chunki a’zolaringiz shu qadar yaxshi ishlayaptiki, ularning ichingizda borligini hatto unutib yuborgansiz.

Endi bildingiz. Hamd hamrohingiz bo‘lsin!

Alhamdulillah....

Abdulqodir Polvonov