Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2025   |   11 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:13
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
06 Iyul, 2025, 11 Muharram, 1447

18 dekabr “Xalqaro arab tili kuni”

18.12.2024   49832   1 min.
18 dekabr “Xalqaro arab tili kuni”

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: Arab tilini o‘rganinglar, chunki u diningizdandir”, deganlar.


Shayx Sa’id Kamaliy aytadi: Arab tiliO‘zining Kalomini sizlarga yetkazishi uchun Robbingiz tanlagan tildir. Shunday ekan, u tilni o‘zlaringizdagi eng kichik, arzimas narsa kabi tutib olmanglar.


1. Dod tili. Chunki u dod harfi bilan dunyoda yagona til sifatida ajralib turadi.

2. 14 asrdan beri o‘zgarmaydi va muomaladan chiqmaydi

3. 422 milliondan ko‘proq odamlar arab tilida so‘zlashadi

4. Arab tilidagi so‘zlar soni 12302912, ingliz tilidagi so‘zlar sonidan 25 baravar ko‘p.

5. Arab tili 16 mingta leksik asosga ega, lotin tilida 700 tagina leksik asos bor.

6. Boshqa tillar ham arab harflari bilan yoziladi, xuddi: kurdiy tili, malay tili, sobiq turk tili va fors tillari kabi.

7. Arab davlatlari jamiyatini tashkil etuvchi 22 davlatning rasmiy tilidir.

8. 2016 yildan dunyoda eng ko‘p tarqalgan beshinchi tildir.

 

Boshqa maqolalar

“Safarga ketdilar...”

04.07.2025   16147   2 min.
“Safarga ketdilar...”

Ayoli vafot etganidan keyin eri juda mayus bo‘lib qoldi. Bir kuni uning yaqin do‘sti uni koyidi:

– Haliyam uylanmadingmi?

– Yo‘q, – dedi u.

– Nega, nahotki boshqa ayollar ichida senga yoqadigani bo‘lmasa?

– Rahmatli ayolimga o‘xshagani topilmasa kerak...

– Qo‘ysang-chi, ayollarning bari bir-biriga o‘xshaydi-ku!..

– Men zohirini aytmayapman. Ichki olamini, botinini aytyapman.

Yigit hayron bo‘lib qarab turgan do‘stiga hayotida bo‘lgan birgina voqeani gapirib berdi:

“Bir kuni ayolim jahlimni chiqardi. Qattiq urishdim va uni ota uyiga haydadim. Jimgina ketdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qilgan ishimdan pushaymon bo‘ldim. Aslida ayb o‘zimdan o‘tganini angladim. Ming andisha bilan qaynotamnikiga bordim. Eshik oldida biroz turib qoldim. So‘ng eshikni taqillatdim. Ayolim ochdi va meni hayratda qoldirib, xuddi oramizda hech gap o‘tmaganday, baland ovozda:

– Assalomu alaykum dadajonisi, safaringiz yaxshi o‘tdimi? – deya tabassum bilan ko‘zini qisib qo‘ydi. Unga bir nimalar demoqchi bo‘lgan edim, u meni qattiq bag‘riga bosib, bunday dedi:

– Gapirmang, ota-onamga sizni “safarga ketdilar”, dedim...

Ana shunday fahmli, oqila edi ayolim. Shuning uchun ham unga hech birini o‘xshatolmay, uylanolmay yuribman, do‘stim”.

Ha, azizlar! Alloh taolo erkakni ayol uchun, ayolni erkak uchun ne’mat qilib bergan. To‘g‘ri, ba’zilar bir-birlarining kamchiliklaridan shikoyat qilib qolishadi. Ammo hech kim benuqson emas. Mukammal ayolni ham, erkakni ham axtarmang bu dunyoda. Hikoyada kelganidek, ba’zida er uchun bir jufti halol butun dunyodagi ayollardan afzal bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ahli ayolimizni qadrlaylik. Zero, u ham kimningdir farzandi, bolalarimizning onasi. Eng muhimi, Allohning bizga bergan omonatidir.

Akbarshoh RASULOV