Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447

Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga moddiy yordam berildi

20.12.2024   70465   1 min.
Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga moddiy yordam berildi

Qoraqalpog‘istonlik hojilar va imom-xatiblar homiylar ko‘magida joylardagi ijtimoiy ko‘makga muhtoj oilalarga moddiy va amaliy yordamlar ko‘rsatib kelmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti va «Vaqf» fondi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan homiylar ko‘magida Nukus shahridagi «Jiydeli baysin» mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi, o‘zgalar yordamiga muhtoj, boquvchisidan ayrilgan oilalarni moddiy tarafdan ta’minlash maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari, farzandlari uchun issiq kiyimlar berdi. Unda Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramatdin domla Razov sabr qilish, yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish mavzusida oila a’zolari bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, Nukus shahri «Salmon eshon» masjidi imom-xatibi Nabatov, Chimboy tumani «Yusuf ota» masjidi imom-xatibi Qarajanov, Qo‘ng‘irot tumani «Xakim Sulaymon» masjidi imom-xatibi Umarov, Amudaryo tumani «Nog‘ay eshon» masjidi imom-xatibi Qurbaniyazovlar ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar holidan xabar olib, ularga oziq-ovqat mahsulotlarini berdi. Qo‘ng‘irot tumani «Mulla Is'haq» masjidi imom-xatibi Zinullayev homiylar ko‘magida kam ta’minlangan oila uyiga shifer qoqtirib berdi.

Moddiy va amaliy yordamlar ko‘rsatilgan oila a’zolari bunday homiylik tadbir tashkilotchilariga o‘zlarining samimiy tashakkurlarini bildirdi.

 

Begis Abbazov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xodimi

Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga moddiy yordam berildi Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga moddiy yordam berildi Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga moddiy yordam berildi Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga moddiy yordam berildi Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga moddiy yordam berildi Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga moddiy yordam berildi
Boshqa maqolalar

Bir marta "Subhanalloh" deyish uchun fursat berilsa...

30.06.2025   11876   2 min.
Bir marta

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.


O‘lim bir eshik. Barcha insonlar undan o‘tadi. Eh koshki, bu eshikka kirgandan keyin mening uyim qanaqaligi ma’lum bo‘lsa?!

Birodar! Qarang, qabrdagilar bir-birlariga juda yaqin yotishibdi. Lekin ular sirtdan yaqin qo‘shni. Aslida esa, bir-birlarining yoniga ham bora olmaydilar.

Usmon roziyallohu anhu qachon qabr yonidan o‘tsalar, shu darajada yig‘lar edilarki, soqollari ko‘z yoshlaridan ho‘l bo‘lib ketardi.

U kishidan: "Siz nega jannat va do‘zaxni esga olganingizda yig‘lamaysiz. Lekin qabrni ko‘rib yig‘laysiz?" deb so‘rashdi. U kishi shunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qabr oxiratning ilk manzilidir", deganlar. Shunga ko‘ra, agar mayyit qabrdagi azobdan najot topsa, undan keyingi hayot oson bo‘ladi. Agar qabrdagi azobdan najot topa olmasa, u holda undan keyingi hayot qiyin bo‘ladi.

Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Men qabrdan ko‘ra daxshatliroq biror manzarani ko‘rmadim", deganlar.

Biz uchun bu qabrlarda ibrat yo‘qmi? Qarang, boy ham, faqir ham, zo‘ravon ham, kuchsiz ham, oq tanli ham, qora tanli ham, podshoh ham, fuqaro ham barcha barobar yotibdi. Ular dunyoga qaytishni xohlaydilar. Boylik jamlash yoki qasr qurish uchun emas, balki, koshki men bir namoz o‘qish uchun muhlat topsam, koshki bizga bir martagina "Subhanalloh" deyish uchun fursat berilsa, deb, shu amallarni qilish uchun dunyoga qaytishni xohlaydilar. Lekin endi iloji yo‘q. Nomai a’mol yopilib bo‘ldi. Ruh jismdan chiqqan. Hayot muhlati tugab bo‘lgan. Endi har bir mayyit o‘z amalining garovi o‘laroq qabrida yotibdi...

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan