23 savol
24.12.2024
3729
2 min.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
- Odamlarning eng olimi bo‘lishni istaysizmi? – Allohga taqvo qiling.
- Odamlarning eng boyi bo‘lishni istaysizmi? – Alloh bergan ne’matlariga qanoat qiling.
- Odamlarning eng adolatlisi bo‘lishni istaysizmi? – O‘zingizga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko‘ring.
- Odamlarning eng yaxshisi bo‘lishni istaysizmi? – Insonlarga manfaat yetkazishga harakat qiling.
- Allohga eng yaqin banda bo‘lishni istaysizmi? – Alloh taoloni ko‘p zikr qiling.
- Iymoningiz komil bo‘lishini istaysizmi? – Xulqingizni go‘zal qiling.
- Muhsinlardan bo‘lishni istaysizmi? – Alloh taologa Uni ko‘rib turgandek ibodat qiling. Agar bunga qodir bo‘lmasangiz U Zot sizni ko‘rib turganini unutmang.
- Itoat etuvchilardan bo‘lishni istaysizmi? – Allohning farzlarini o‘z vaqtida ado eting.
- Qiyomat kuni yuzingiz nurli bo‘lishini istaysizmi? – Hech kimga zulm qilmang.
- Qiyomat kuni Alloh taolo sizga rahm qilishini istaysizmi? – Insonlarga rahm qiling.
- Alloh gunohlaringizni kechirishini istaysizmi? – Istig‘for ayting.
- Insonlarning eng saxovatpeshasi bo‘lishni istaysizmi? – Musibatingizni odamlarga bildirmang, ularga shikoyat qilmang.
- Odamlarning eng kuchlisi bo‘lishni istaysizmi? – Allohga tavakkul qiling.
- Alloh rizqingizni keng qilishini istaysizmi? – Doimo tahoratli holda yurishga odatlaning.
- Alloh va Uning Rasuliga muhabbatli bo‘lishni istaysizmi? – Alloh va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yaxshi ko‘rgan narsalarni yaxshi ko‘ring.
- Qiyomat kuni Allohning g‘azabiga uchramaslikni istaysizmi? – Alloh yaratgan birorta maxluqotga g‘azab qilmang.
- Duolaringiz qabul bo‘lishini istaysizmi? – Luqmangiz halol bo‘lishiga e’tiborli bo‘ling.
- Qiyomat kuni Alloh taolo ayblaringizni berkitishini istaysizmi? – Odamlarning ayblarini yashiring.
- Gunohlarni nima yuvib yuboradi? – Ko‘z yoshlar, xushu’-xuzu’ va bemorlik.
- Qaysi yaxshilik Alloh uchun eng sevimli? – Xusni xulq, tavoze’, musibatlarga sabr qilish.
- Allohning nazdida amallarning eng yomoni qaysi? – Axloqsizlik va baxillik.
- Allohning g‘azabini nima ketkazadi? – Maxfiy sadaqa va silai-rahm.
- Jahannam olovini nima o‘chiradi? – Balo-ofat va musibatlarga sabr qilish.
Davron NURMUHAMMAD
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING