Sayt test holatida ishlamoqda!
26 May, 2025   |   28 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:16
Quyosh
04:56
Peshin
12:25
Asr
17:30
Shom
19:48
Xufton
21:21
Bismillah
26 May, 2025, 28 Zulqa`da, 1446

Allohni zikr qilish kasalliklarga shifo bo‘lishi aniqlandi!

24.12.2024   5021   1 min.
Allohni zikr qilish kasalliklarga shifo bo‘lishi aniqlandi!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Allohni zikr qilish ila qalblar orom olur...

Musulmon mutaxassislarning bir necha o‘rganishlari, tadqiqotlaridan, shuningdek, amerikalik olimlar olib borgan izlanishlaridan ma’lum bo‘lishicha, Alloh taolo haqida fikr yuritish, tafakkur insonning ruhiy iztiroblarini, og‘riq-alamlarini yengillatar ekan. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Alloh taologa iymon keltirgan, shifo berishga faqat Alloh taolo qodir ekaniga e’tiqod qilgan odamlar dinni inkor qiluvchi - dahriylarga qaraganda ko‘proq va tezroq shifo topar ekan.

Tadqiqotlarning natijasiga ko‘ra, Alloh taolo haqida tafakkur qilish asnosida miyada sodir bo‘ladigan elektromagnit to‘lqinlarda o‘zgarish yuzaga keladi. Shuning uchun shifokorlar bemorlarga ko‘proq zikr qilib, duoga mashg‘ul bo‘lishni tavsiya qilishadi. Bu narsa bemorning shifo topishida, xususan, surunkali kasallarda katta yordam beradi. 

Shuningdek, tadqiqotchilar Allohni zikr qilgan inson organizmida muayyan gormonlar ajralib chiqib, yurak faoliyatiga hamda umuman odamning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir qilishini ham ta’kidlashgan. 

Subhanalloh... ​O‘zini zikr qilishni buyurgan va O‘zining zikrini qalbga rohat va xotirjamlik etib qo‘ygan Zot barcha aybu nuqsonlardan pokdir! 

«Ular iymon keltirgan va qalblari Allohni zikr qilish ila orom oladigan zotlardir. Ogoh bo‘lingizkim, Allohni zikr qilish ila qalblar orom olur» (Ra’d surasi, 28-oyat).

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Dinda g‘uluv ketishning salbiy oqibatlari

23.05.2025   3897   1 min.
Dinda g‘uluv ketishning salbiy oqibatlari

#Maqola #Ixtilof #G‘uluv

Islomda "g‘uluv" din ilmini anglashda haddan oshishdir. Alloh taolo bunday ogohlantiradi: "Ayting: "Ey ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmangiz va oldindan adashgan va ko‘plarni adashtirgan hamda to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘iganlarning havoyi nafslariga ergashmangiz!" (Moida surasi, 77-oyat).

Rasululloh alayhissalom "Alloh taolo shariatda ziyoda chuqur ketuvchilar halok bo‘ldilar", deb uch marta aytishlarida, dinda haddan tashqari ziyodalik qilish insonni halok qilish bilan teng ekanligidan ogohlantirmoqdalar. 

Dinda g‘uluvga ketish musulmon jamiyatlarida ixtilof va guruhbozlikka, fitnaga va oxir-oqibat aqidaning buzilishiga olib keladi. Islom tarixida xavorij, mo‘tazila va boshqa oqim va toifalarning vujudga kelishi ham, asosan, dinda g‘uluvga ketish natijasida sodir bo‘lgan. 

Ayni vaqtda, g‘uluvga berilganlar dinni o‘ta og‘ir va mashaqqatli tushuntirganlari bois odamlar to‘g‘ri yo‘ldan adashib, undan bezib qoladilar. Dinda g‘uluvga ketish haqida so‘z yuritilganda aqidaparast oqimlarning aqidaviy masalalarda g‘uluvga ketganlari va ularning xatolari hamda bu e’tiqodlari sof islomiy ta’limotlarga naqadar zid ekanini eslamasdan iloji yo‘q. 

G‘uluvga ketish, sarkashlik, itoatsizlik, manmansirash kabi illatlardan xoli bo‘lgan o‘tmish ajdodlarimiz dinimizni asrab-avaylab, bizgacha yetkazdilar. Shunday ekan, dinning musaffoligini asrash va uni kelajak avlodga asl xolicha yetkazish bizning vazifamizdir.

Abdug‘offor Hakimov, Mingbuloq tumani "Qo‘sh qishloq" jome masjidi imom-xatibi