Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyun, 2025   |   7 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:09
Quyosh
04:51
Peshin
12:26
Asr
17:34
Shom
19:54
Xufton
21:30
Bismillah
03 Iyun, 2025, 7 Zulhijja, 1446
Maqolalar

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi

29.12.2024   12305   1 min.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportini kengaytirish va eksportda keng qo‘llanilayotgan SMIIC standartlari bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Ishtirokchilarga SMIIC standartlari talablari, sinov metodlari, audit va sertifikatlashtirish jarayonlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berilib, "O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi laboratoriyalarida mahsulotlar sinovini amalga oshirish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazi ulamosi Hikmatulloh domla Toshtemirov hamda standartlashtirish va muvofiqlikni baholash idoralari xodimlari ham ishtirok etdi.

Manba

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi
MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namanganlik otinoyilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi

03.06.2025   1926   1 min.
Namanganlik otinoyilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 2 iyun kuni ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, otinoyilar faoliyatini takomillashtirish maqsadida Namangan viloyatining shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan bosh otinoyilar va targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirokida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
 

Seminarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Matluba Qahharova, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Iroda Ahmedova, O‘zbekiston musulmonlar idorasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Dilfuza Egamova ishtirok etishdi.


Yig‘ilishda “Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, “Vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘grisida”gi farmon mazmun-mohiyati tushuntirildi.


Otinoyilar faoliyati bo‘yicha yangi ishlab chiqilgan qo‘llanma o‘qib eshittirilib, har bir bandiga izoh berib o‘tildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Namanganlik otinoyilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari