Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Yanvar, 2025   |   12 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:34
Shom
17:18
Xufton
18:37
Bismillah
12 Yanvar, 2025, 12 Rajab, 1446

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining navbatdagi mashg‘ulotlari boshlandi

6.01.2025   6108   1 min.
“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining navbatdagi mashg‘ulotlari boshlandi

Bugun, 6 yanvar kunidan “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi bosqich mashg‘ulotlari boshlandi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda bilim yurti ustozlari va tinglovchilar qatnashdi.
 

Bilim yurti Matbuot kotibi Rustam Oxunjonov o‘quv kursining tinglovchilariga "Ilm va uning odoblari" mavzusida ma’ruza qilib, ularga haqiqiy ilm egasiga qanday odoblarga ega bo‘lishi lozimligi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, o‘quv kursi tinglovchilarining tartib-intizomga rioya qilishi, belgilangan darslarga muntazam ishtirok etishi va boshqa intizomga oid tavsiyalarga amal qilish har jihatdan manfaatli bo‘lishini aytib o‘tdi.


Ayni yo‘nalishdagi davra suhbati Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi 46-davra tinglovchilari bilan ham o‘tkazildi. Unda ta’lim muassasasi mutasaddi vakillari bo‘lg‘usi qori va qoriyalarga o‘z tavsiyalarini berdi.


Yakunda “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi bosqich tinglovchilari haqqiga duoi-xayrlar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining navbatdagi mashg‘ulotlari boshlandi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining navbatdagi mashg‘ulotlari boshlandi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining navbatdagi mashg‘ulotlari boshlandi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining navbatdagi mashg‘ulotlari boshlandi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining navbatdagi mashg‘ulotlari boshlandi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

10.01.2025   3887   1 min.
To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.

Shuni yodda tutish lozimki, birovlarning haqlari eng avvalo egasiga qaytarish shart bo‘ladi. Egasi yoki uning merosxo‘rlarini topishning iloji umuman bo‘lmagandagina uning nomidan sadaqa qilinadi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar