Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Fevral, 2025   |   8 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:08
Quyosh
07:28
Peshin
12:42
Asr
16:05
Shom
17:50
Xufton
19:05
Bismillah
07 Fevral, 2025, 8 Sha`bon, 1446
Maqolalar

Juma kuni «Oli Imron» surasini o‘qish

24.01.2025   2950   1 min.
Juma kuni «Oli Imron» surasini o‘qish

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni Oli Imron nomli surani o‘qisa, Alloh va Uning farishtalari quyosh botguncha unga salavot aytib turadilar», – dedilar (Tabaroniy rivoyat qilgan).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam juma kuni bomdod namozida «Alif lam mim. Tanzilu…»ni – Sajda(surasi)ni – va «Hal ata ’alal-insani»ni qiroat qilar edilar» (Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilishgan).

Ibn Abu Sayf Yamaniy «Al-lam’a fi rag‘oibi yavmil jumu’a» kitobida Termiziyning quyidagi gaplarini keltiradi:

«Tasbeh namozini juma kuni zavol paytida o‘qish mustahabdir. Birinchi rak’atda Fotihadan keyin Takosurni o‘qiydi, ikkinchisida Val asrni, uchinchisida Kofirunni, to‘rtinchisida Ixlosni o‘qiydi». So‘ng oxirida o‘qiladigan qo‘shimcha duoni ham keltirgan.

«Juma haqidagi oyat va hadislar» kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniya Bosh muftiysi doktor Ahmad Ibrohim Hasan al-Hasanot bilan uchrashdi

5.02.2025   3033   2 min.
O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniya Bosh muftiysi doktor Ahmad Ibrohim Hasan al-Hasanot bilan uchrashdi

Xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya Iordaniya Hoshimiylar podshohligida bo‘lib qaytishdi.

Safar davomida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov Iordaniya Bosh muftiysi doktor Ahmad Ibrohim Hasan al-Hasanot bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Unda bugungi global va tez o‘zgaruvchan dunyoda diniy sohada ham bir qator tezkor savollar paydo bo‘layotgani, dinni noto‘g‘ri tushungan shaxslar, mutaassib guruhlar tomonidan asossiz fatvolar tarqatilayotgani, shu bois musulmon olamidagi sog‘lom dunyoqarash sohiblari bo‘lgan olimlar o‘zaro hamkorlikda ishlashlari va dolzarb savollarga hamkorlikda javob berishlari kerakligi ta’kidlandi. Shundan kelib chiqib, ikki mamlakat fatvo markazlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish va memorandum imzolash, kelajakda o‘zaro tajrbia almashish borasida kelishib olindi.

***

Vaqf, islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad Ahmad al-Xaloyila bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Vazirlik o‘rtasida hamkorolik o‘rnatish, ikki mamlakatdagi diniy soha xodimlarining malaka oshirish markazlari o‘rtasida rasmiy aloqalar o‘rnatish, Vaqf tajribasini o‘rganish, O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun qisqa muddatli o‘quvlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

***

Shuningdek, tashrif asnosida 2004 yilda Qirol taklifi bilan tayyorlangan va e’lon qilingan «Ammon tashabbusi» xalqaro bayonoti ham o‘rganildi. Mazkur bayonot diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash va mutaassiblikka qarshi kurashish kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, hozirda u tarjima qilishga taqdim etildi. 

***

Qirol Abdulloh II nomidagi Imomlar tayyorlash va malakasini oshirish markazi mudiri doktor Abdusattor Muhammad al-Quzo bilan uchrashildi. Qirol tashabbusi bilan 2007 yilda tashkil qilingan markazda mamlakatdagi 8.000 dan ortiq masjid uchun imom va muazzinlar tayyorlanadi va malakasi oshirib boriladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniya Bosh muftiysi doktor Ahmad Ibrohim Hasan al-Hasanot bilan uchrashdi O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniya Bosh muftiysi doktor Ahmad Ibrohim Hasan al-Hasanot bilan uchrashdi O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniya Bosh muftiysi doktor Ahmad Ibrohim Hasan al-Hasanot bilan uchrashdi O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniya Bosh muftiysi doktor Ahmad Ibrohim Hasan al-Hasanot bilan uchrashdi O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniya Bosh muftiysi doktor Ahmad Ibrohim Hasan al-Hasanot bilan uchrashdi O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniya Bosh muftiysi doktor Ahmad Ibrohim Hasan al-Hasanot bilan uchrashdi
O'zbekiston yangiliklari