Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Mart, 2025   |   5 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:33
Quyosh
06:51
Peshin
12:39
Asr
16:33
Shom
18:21
Xufton
19:34
Bismillah
05 Mart, 2025, 5 Ramazon, 1446
Yangiliklar

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand shahrida o‘tkazildi

29.01.2025   6183   2 min.
Navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand shahrida o‘tkazildi

Shu yil 2024 yil 28 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tashabbusi hamda yillik ish rejasiga asosan navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand shahrida o‘tkazildi. Dastlab vakilligi xodimlari ishchi guruh a’zolari bilan uchrashib, kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi. 
 

Mazkur tadbirdan so‘ng Hasan domla Temirov Samarqand shahar bosh imom-xatibi Z.Mahmudov hamrohligida shahar markazidagi “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidi hududidagi bemor va nogironligi bor oilalar holidan xabar olib, moddiy ko‘mak ko‘rsatish bilan birga ularning haqlariga xayrli duolar qildi.


Shundan so‘ng Samarqand shahrida joylashgan 59-son ko‘zi ojizlar maktab internatiga borib, u yerda tarbiyalanayotgan o‘quvchi yoshlar bilan suhbat o‘tkazildi. Unda Z.Mahmudov inson qadr-qimmatining Alloh taoloning nazdida naqadar ulug‘ ekani, yoshlik davrining qadri to‘g‘risida oyati karima va hadisi shariflardan namunalar keltirib ma’ruza qildi. Shuningdek, “Samarqand viloyat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi”ida ham bo‘lib, 45 nafar ko‘ngli o‘ksik nuroniy otaxon va onaxonning xolidan xabar oldi.


Shuningdek, shahar-tuman bosh imom-xatiblari ham taqsimot asosida shahardagi 23 ta masjid imom-xatiblari va 2024 yilda Haj ibodatiga borib kelgan hojilar hamrohligida 30 ta mahallada bo‘lib, joylarda aholining 150 dan ziyod nogironligi bor, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va notinch oilalar xonadoniga bordilar. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi.


Shu bilan birga, viloyat ishchi guruhi Samarqand shahridagi 23 ta masjidda peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar qildi.


Shundan so‘ng ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda Samarqand shahridagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar muhokama qilinib, ijroga yo‘naltirildi.


Mazkur yig‘ilishga viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov bevosita bosh bo‘ldi. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda masjidning hujjat yuritish va obodonchilik bo‘yicha va aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birga ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholi bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish hamda joylarda diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish, muborak Ramazon oyiga barcha masjidlarni tayyorlash va shu kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.


Mazkur tadbirdan so‘ng Alloh taolodan elu yurtimiz tinchligi va farovonligini so‘rab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi

Matbuot xizmat

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand shahrida o‘tkazildi Navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand shahrida o‘tkazildi Navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand shahrida o‘tkazildi Navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand shahrida o‘tkazildi Navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand shahrida o‘tkazildi Navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand shahrida o‘tkazildi Navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand shahrida o‘tkazildi Navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand shahrida o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turli millat va din vakillarining o‘zaro inoqligi ulug‘ ne’matdir

3.03.2025   11530   2 min.
Turli millat va din vakillarining o‘zaro inoqligi ulug‘ ne’matdir

Yurtboshimizning muborak Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga binoan bu yilgi qutlug‘ oy “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” shiori ostida o‘tkazilmoqda.


Zero, bag‘rikenglik – turli millat va din vakillarining bir zaminda o‘zaro inoq va homkor bo‘lib yashashlarini anglatuvchi tushunchadir. Yurtimizda 16 diniy konfessiya, 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir osmon ostida, bir zaminda, bir havodan nafas olib, hamjihat bo‘lib, bir maqsad sari harakat qilishi bag‘rikenglik, totuvlik, hamkorlik kabi tushunchalarning yurtimizdagi ifodasidar.


Dini, millati, irqi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar dunyodagi insonlarning huquqlari va erkinliklari tengdir. Islom dini ta’limotidan kelib chiqib, ajdodlar shunday yo‘l tutgan va bizlarga ham shunday o‘rgatganlar.


Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda: “Ey insonlar, darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik”, deya marhamat qilgan.


Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov va Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Farxod aka Kushakovlar Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi jismoniy imkoniyati cheklangan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand, kam ta’minlangan turli diniy konfessiya vakillari holidan xabar olishib, ular muborak Ramazon oyi bilan qutlashdi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi vakillari bilan hamkorlikda ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatishib, siniq ko‘ngillarga xursandchilik ulashishdi.


Bu kabi saxovat tadbirlari muborak Ramazon oyi oxiriga qadar davom etadi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qashqadaryo viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Turli millat va din vakillarining o‘zaro inoqligi ulug‘ ne’matdir Turli millat va din vakillarining o‘zaro inoqligi ulug‘ ne’matdir Turli millat va din vakillarining o‘zaro inoqligi ulug‘ ne’matdir Turli millat va din vakillarining o‘zaro inoqligi ulug‘ ne’matdir Turli millat va din vakillarining o‘zaro inoqligi ulug‘ ne’matdir
VIDEO