Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2025   |   20 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:40
Bismillah
16 Iyun, 2025, 20 Zulhijja, 1446

“Al-Azhar” talabalari o‘rtasida  Qur’on musobaqasi o‘tkaziladi

29.01.2025   4298   2 min.
“Al-Azhar” talabalari o‘rtasida  Qur’on musobaqasi o‘tkaziladi

“Al-Azhar” universiteti rektori Salama Juma Dovud ushbu universitet talabalari o‘rtasida Qur’oni karim musobaqalarini o‘tkazish vaqti va shartlarini e’lon qildi.

 
IQNA agentligi “Sada al-Balad”  sayti ma’lumotiga tayanib xabar qilishicha, “Al-Azhar” universitetida xalqaro Qur’on musobaqalarini boshlash tadbiri rektor Salama Juma Dovud rahbarligida o‘tkazildi. Yig‘ilishda universitetning ta’lim va talabalar ishlari bo‘yicha muovini Sayyid Bakri va musobaqa qo‘mitasi a’zolari ishtirok etdi.


“Al-Azhar” universiteti rektori musobaqada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish universitetning Qohira va boshqa hududlardagi fakultetlaridagi talabalar ishlari bo‘limi orqali amalga oshirilishini ma’lum qildi. Ro‘yxatdan o‘tish 6 fevral, payshanba kunigacha davom etadi. Sinovlar 15 fevral, shanba kuni og‘zaki shaklda boshlanib, 20 fevralgacha davom etadi.


Rektor universitet talabalarini Qur’on musobaqasi, erkin kitob o‘qish musobaqasi, chiroyli tilovat qilish musobaqasi, nashid va boshqa sport musobaqalari kabi universitetning talabalar ishlari bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan barcha musobaqalarda ishtirok etishga chorladi.


Salama Juma Dovud ushbu musobaqalar “Al-Azhar”ning Qohira va Misrning turli hududlaridagi fakultetlarida tahsil olayotgan yigit va qiz talabalar uchun mo‘ljallangani va g‘oliblar uchun qimmatbaho sovg‘alar tayyorlanganini ta’kidladi.


Shuningdek, u musobaqalar yakunida birinchi o‘rin uchun 100 ming misr funti, ikkinchi o‘rin uchun 75 ming misr funti, uchinchi o‘rin uchun esa 50 ming misr funti miqdoridagi mukofot tayinlanganini qo‘shimcha qildi. To‘rtinchi o‘rin uchun 25 ming misr funti, beshinchi o‘rin uchun 15 ming misr funti ajratilgan bo‘lib, universitet yana 5 nafar talabaga 5 ming funtlik rag‘batlantiruvchi sovg‘alar topshirishni rejalashtirgan.


Ushbu musobaqa yigit va qiz talabalar uchun Qur’on yodlashda o‘z iqtidorlarini namoyon qilish va qimmatbaho mukofotlarni qo‘lga kiritish uchun bebaho imkoniyat ekanini ta’kidladi.


“Al-Azhar” universiteti rahbariyati musobaqada ishtirokchilar uchun shartlar belgilab, Qur’oni karim ma’nolari va nozil bo‘lish sabablarini bilishni muhim shartlardan biri sifatida ta’kidladi.   Shuningdek, talabalarni Qur’on yodlashda yuqori natijalarga erishishga rag‘batlantirish hamda ular orasida diniy va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash musobaqaning asosiy maqsadlaridan biri ekani qayd etildi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi

Ilyosxon ahmedov tayyorladi

Boshqa maqolalar

Chatgpt dan diniy savollarga javob olish

13.06.2025   6895   2 min.
Chatgpt dan diniy savollarga javob olish

Savol: Chatgpt (sun’iy intellekt) orqali diniy savollarimizga javob olsak bo‘ladimi, shu javoblarga  amal qilsak bo‘ladimi? 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bu joiz emas. To‘g‘ri, Chatgpt platformasi ayrim sohalarda insonlarga foyda bermoqda. Ammo diniy savollarga to‘g‘ri javob berishga ojizlik qiladi. Chunki u ham inson omili tomonidan ishlab chiqilgan bir mahsulot. Qolaversa, ba’zan savollarga taxminiy javoblar, hatto bu masala falon kitobda bor deb, arabiy iboralar ham berishi mumkin. Lekin u keltirgan iboralar na u aytgan kitobda va na boshqa fiqhiy manbalarda uchramaydi. Shu bois shar’iy masalalarga ahli ilm, mutaxassislarga murojaat qilish orqali yechim topish darkor. Alloh taolo oyati karimada bunday marhamat qilgan:


فَاسْأَلُوا أَهْلَ الذِّكْرِ إِنْ كُنْتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

“Agar bilmaydigan bo‘lsangiz, zikr ahlidan so‘rangiz!” (Anbiyo surasi, 7-oyat).

Musulmon odam biror narsani bilmay qolsa, uni biladigan kishidan, o‘sha sohaning «zikr ahli»dan o‘rganishi lozim bo‘ladi. Shunday ekan, e’tiqod va dinu-diyonatga tegishli narsalarni ham shu sohaning bilimdonlaridan so‘rash talab etiladi. Buyuk tobeiy Ibn Sirin rahimahulloh bunday deganlar:


 ‌إن ‌هذا ‌العلم ‌دين فانظروا عمن تأخذون دينكم. رواه مسلم

“Albatta, bu ilm dindir. Bas, diningizni kimdan olayotganingizga qaranglar” (Imom Muslim rivoyati).
Mazkur iboraning sharhida Mulla Ali Qori rahimahulloh bunday deganlar:
“Bu ilm” so‘zidan murod Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatga olib kelgan Qur’oni karim va hadisi sharifdan iborat bo‘lgan ta’limotdir. Uni ishonchli va adolatli zotlardan olmoqdamisiz yoki yo‘q, shunga nazar solinglar, ya’ni qayerdan, kimdan ilm olayotgangizni aniq bilinglar”. (“Mirqotul mafotih” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.