Britaniyaning mashhur "London Post" yangiliklar portalida "O‘zbekistonning me’moriy renessansi: tarix va modernizm uyg‘unligi" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Unda Markaziy Osiyoda joylashgan O‘zbekiston boy tarixiy merosni zamonaviy shaharsozlik tamoyillari bilan uyg‘unlashtirgan holda hayratlanarli me’moriy me’moriy renessans davrini boshidan kechirayotgani ta’kidlangan.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning me’moriy o‘ziga xosligi juda rang-barang. "Mamlakatning qadimiy shaharlari islom arxitekturasining eng yaxshi namunalari bilan faxrlanadi. Ulardagi murakkab koshinlar, geometrik naqshlar va monumental gumbazlari hayratlanarlidir", – deyilgan nashrda.
O‘zbekistonning tarixiy obidalarida qadimiy an’analar markaziy o‘rinni egallagan bo‘lsada, mamlakat modernizmni ham qabul qildi. 2016 yildan boshlab zamonaviy arxitekturaning yangi to‘lqini boshlandi, bu Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va "Toshkent-Siti" loyihasi kabi yirik tuzilmalarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Maqolada ushbu loyihalar O‘zbekistonni innovatsiyalar markazi sifatida jahon miqyosiga olib chiqish, shu bilan birga mamlakatning boy me’moriy merosini asrashga qaratilgani alohida ta’kidlangan. Poytaxtda osmono‘par binolar va zamonaviy ofis binolari qadimiy obidalar bilan uyg‘un holda qad rostlamoqda.
"Barqarorlik – O‘zbekistonda me’moriy renessansning yana bir muhim tarkibiy qismidir. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilar ekan, Ipak yo‘li davridagi an’anaviy qurilish metodlari ham qayta ko‘rib chiqilmoqda", – deb ta’kidlangan.
Maqola yakunida, "O‘zbekiston me’moriy renessansi tez o‘zgarib borayotgan dunyoda madaniy merosni asrab-avaylashda boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘lib, tarix va modernizm o‘rtasida uyg‘un munosabatni saqlab kelmoqda", – deb yozilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Alloh taoloning go‘zal ismlaridan biri “As-Sattor”dir. Marhamatli robbimiz ushbu sifati bilan bandalarning ayblarini bu dunyoda yashirib, kamchiliklarini yopuvchidir. Oxiratda esa o‘zining fazli va rahmati bilan kechirib yuboradi. Chin, haqiqiy musulmon ham robbimizning ushbu go‘zal sifati bilan xulqlanib, birodarlarining ayblarini qidirmasdan, balki bilgan ayblarini ham yashiradi. Zero, Alloh taolo bu dunyoda musulmonlarning ayblarini yashirgan bandasini qiyomat kuni odamlar oldida sharmandalikdan asraydi.
Bu haqda suyukli, mehribon payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qilganlar:
وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَا يَسْتُرُ عَبْدٌ عَبْدًا فِي الدُّنْيَا إِلَّا سَتَرَهُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Banda boshqa bir bandaning aybini shu dunyoda berkitar ekan, Alloh qiyomat kuni uning aybini berkitadi”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Bandalarning ayblarini yashirish deganda, banda bilan Robbining o‘rtasida sodir bo‘lgan ayblar tushuniladi. Allohga nisbatan banda tomonidan gunoh, biror ayb sodir etilganda, ularni fosh etib, sharmanda qilinmaydi, balki Alloh taoloning marhamati, kechirimli ekaniga suyanib, fazlidan umid qilinadi. Shu niyatda musulmon birodarining aybini yashirish ijobiy xislat sanaladi.
Ammo, haqiqat berkitilib, odamlarning huquqlari zoye qilinganini ko‘rganda, buni yashishirish, oshkor qilmaslik fazilat sanalmaydi, aksincha razolat sanaladi. Ammo bandalarning haq-huquqlari poymol bo‘lganda aybu kamchiliklar yashirilmasdan, ro‘yirost gapiriladi. Garchi o‘zining yaqinlari tomonidan sodir etilgan bo‘lsa ham. Bu ham o‘z navbatida go‘zal fazilatdir.
Hadisdan biz o‘rgangan foydali o‘gitlar:
1. Musulmon kimsa birodarining ayblarini yashirib, odamlar oldida sharmanda qilmaydi.
2. Bu dunyoda birodarining aybini yashirsa, buning mukofoti qiyomat kunida Alloh uning ham aybini yashirishini bilgan banda albatta bu amalini oxiratiga zaxira qilib qo‘yadi.
3. Musulmon kishi odamlarning aybini yashiradi, chunki bu amalni Alloh yaxshi ko‘radi.
4. Odamlarning aybini yashirar ekan, ularning uyat narsalarini ham fosh qilmasligi undan ham muhim. Inson bu bilan o‘zi yashab turgan jamiyatda parokandalik, qo‘shnilar, qarindoshlar orasida xusumat, janjalning oldini olgan bo‘ladi.
5. Odamlarning huquqlari zoye qilinganini ko‘rib, haqiqatni yashirish, haqiqatni oshkor qilmaslik fazilat emas, aksincha razolat sanaladi.
6. Insonlarning haq-huquqlarini poymol qilayotgan kishi garchi o‘zining yaqinlari, aka-uka, qarindoshlari bo‘lsa ham uning aybu-kamchiliklari yashirilmasdan, o‘ziga ro‘yirost gapiriladi.
Beknazar Muhammad Shakur,
Hadis ilmi maktabi katta o‘qituvchisi.