Zayniddin domla ESHONQULOV
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov Qozog‘istondagi “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universiteti tashkil topganining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Qozog‘istonda islom sivilizatsiyasi an’analari: o‘tmishi va buguni” mavzusidagi XXXII xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi.
Misr va Markaziy Osiyo davlatlari diniy idoralari yetakchilari, taniqli ulamolar hamda soha mutaxassislari qatnashgan nufuzli tadbirda Muhammadolim Muhammadsiddiqov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining anjuman qatnashchilariga yo‘llagan qutlovini yetkazdi.
Tabrikda universitetning chorak asr davomida sof ma’rifatni yoyish, malakali kadrlar tayyorlash va qardosh xalqlar o‘rtasidagi ilmiy-ma’naviy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni yuqori baholandi.
Safar davomida mazkur oliygohda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan alohida uchrashuv tashkil etildi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan suhbatda yoshlarning o‘qish sharoitlari, ilmiy izlanishlari tinglanib, sof diniy bilimlarni chuqur egallash hamda yurt ravnaqiga kamarbasta yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati