Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Mart, 2025   |   15 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:17
Quyosh
06:35
Peshin
12:37
Asr
16:43
Shom
18:33
Xufton
19:45
Bismillah
15 Mart, 2025, 15 Ramazon, 1446
Yangiliklar

Madrasa talabalari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi

30.01.2025   7339   1 min.
Madrasa talabalari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi

Jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida shu yil 27-28 yanvar kunlari “Nazarbek” talabalar turar joyida “Barkamol avlod” sport musobaqasi tashkil etildi.


Musobaqa 3 ta sport turi — shaxmat, stol tennisi va o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha o‘tkazildi.


E’tiborlisi, bellashuv nafaqat talabalar o‘rtasida, balki ustoz va murabbiylar o‘rtasida ham stol tennisi bo‘yicha tashkil qilindi.


Murosasiz kechgan bahslarda musobaqa g‘oliblari aniqlandi. Barcha ishtirokchilar sportda o‘z kuchini sinab ko‘rish barobarida bir-biri bilan tajriba almashish, do‘stona muhitda kuchli jamoa sifatida harakat qilish imkoniyatini berdi. Shuningdek, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.


G‘oliblarga ta’lim muassasasining diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Saidazimxon SAIDAKRAMOV, 
“Ko‘kaldosh” O‘MIBYU mudarrisi

Madrasa talabalari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Qazoi qadar ila qo‘lingni kesaman

11.03.2025   1811   2 min.
Qazoi qadar ila qo‘lingni kesaman

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu o‘zlaridagi ko‘plab fazilatlarni doimo o‘z o‘rnida ishlatar edilar. U kishining hayotlari va faoliyatlarini o‘rganish davomida bu haqiqat darhol ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, u kishining hozirjavobliklari kishini qoyil qoldiradigan darajada ajoyibligiga e’tibor bermay bo‘lmaydi.

Qazoi qadar masalasi inson o‘z kasbi uchun javobgar ekanligini isbot qilarkan, musulmonlarning faqat yaxshilikka intilishlariga, barcha yomonliklarni tark etishga harakat qilishlariga birinchi omil bo‘lishi kerak.

Hech kim qazoi qadarni ro‘kach qilib, o‘zini mas’uliyatdan olib qocha olmaydi. Bir o‘g‘ri hazrati Umarga:

«Qazoi qadar shu ekan, o‘g‘rilik qilibman. Nega endi qo‘limni kesar ekansan?» deganida u kishi:

«Sen qazoi qadar ila o‘g‘rilik qilgan bo‘lsang, men qazoi qadar ila qo‘lingni kesaman», degan ekanlar.

Hozirjavoblikni qarang. Bu uncha-buncha odam javob topa olmay qoladigan holat. Ammo Umar ibn Xattob roziyallohu anhu o‘g‘rining gapini og‘zidan chiqishi bilan bo‘g‘ziga yopishtirganlar.

Hazrati Umarning huzurlariga eriga qarshi chiqqan bir ayolni olib kelishibdi. U zot ayolni axlat to‘plangan uyga qamab qo‘yishni buyuribdilar. Vaqti kelib, ayolni keltiribdilar va «Holing qalay?» deb so‘rabdilar. Ayol bo‘lsa:

«Erga tekkanimdan beri faqat siz qamab qo‘ygan kuni rohat qildim», debdi.

Shunda hazrati Umar ayolning eriga qarab:

«Uning sirg‘asini olib bo‘lsa ham, xulu’ qil», degan ekanlar.

Imom Ahmad Mujohiddan «Kitobiz-Zuhd»da quyidagi rivoyatni keltirgan:

«Hazrati Umarga:

«Ey, mo‘minlarning amiri, gunoh ishni xohlamaydigan va qilmaydigan odam afzalmi yoki xohlab turib, qilmaydigan odam afzalmi?» deb xat yozishibdi. Hazrati Umar:

«Albatta, gunoh ishni xohlab turib, qilmaydiganlar afzal. Ana o‘shalar Alloh qalblarini taqvoda imtihon qilgan zotlardir», deb javob yozgan ekanlar.

Ha, taqvo ulkan ne’mat bo‘lib, u har kimga ham berilavermaydi. Alloh taolo taqvoni sinovdan yaxshi o‘tgan, qabul qilishga tayyorlangan, shunday ulug‘ ilohiy ne’matga haqli bo‘lgan qalblargagina beradi.

«Hadis va hayot» kitobining 23-juzidan olindi