Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Fevral, 2025   |   10 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:06
Quyosh
07:26
Peshin
12:42
Asr
16:07
Shom
17:52
Xufton
19:07
Bismillah
09 Fevral, 2025, 10 Sha`bon, 1446

Ramazonga 1 oy qoldi yoxud Sha’bon oyi muborak bo‘lsin!

30.01.2025   6024   2 min.
Ramazonga 1 oy qoldi yoxud Sha’bon oyi muborak bo‘lsin!

Rajab oyi nihoyasiga yetib, Sha’bon oyi ham kirib keldi. Bu oy kirganda arablar suv qidirib, turli yo‘llar va daralarga tushib, tarqalib ketganlari uchun sha’bon deb nomlangan.

Bu oy Ramazon oyiga tayyorgarlik ko‘rish oyi sanaladi. Sha’bon oyi Qur’on ko‘p tilovat qilinadigan va ko‘p ro‘za tutiladigan oydir. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu oyda ko‘p ro‘za tutardilar.

Bu haqda Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam biron oyda sha’bondagidan ko‘p ro‘za tutmas edilar. Zotan, u zot sha’bonning hammasida ro‘za tutar edilar” (Imom Buxoriy rivoyati).

Afsuski, aksariyat insonlar bu oyning fazilatlaridan g‘aflatda qoladilar. Bu oyda amallar Alloh taologa ko‘tariladi. Usoma roziyallohu anhu bunday deydilar: Men Rasulullohdan: "Yo Allohning Rasuli, oylardan hech birida Sha’bonda ro‘za tutganingizdek ro‘za tutganingizni ko‘rmadim", deb so‘radim. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: "Bu bir oyki, odamlar undan g‘ofil qolurlar. U Rajab bilan Ramazonning orasida. Bu bir oyki, unda amallar Robbul a’lamiynga ko‘tariladi. Mening amalim ko‘tarilayotganda ro‘zador bo‘lishni yaxshi ko‘raman", dedilar (Imom Nasoiy rivoyati).

Ulamolar: "Sha’bon oyida bir yillik amallar Allohga ko‘tariladi", deganlar.

O‘tgan solihlar bu oyda yanada ko‘proq Qur’on tilovat qilishardi. Hatto ayrimlar sha’bon oyi kirganda boshqa ishlarini tashlab, faqat Qur’oni karim tilovati bilan band bo‘lardilar.

Tobeinlardan Salama ibn Kuhayl rahmatullohi alayh: "Sha’bon oyi – qorilar oyidir", deb aytardi.

Shuningdek, o‘tgan solihlar bu oyda miskinlarga g‘amxo‘rlik qilishga oshiqardilar. Beva-bechora, faqir va kambag‘allar Ramazon oyini ko‘tarinki kayfiyat va xursandchilik bilan kutib olishsin deb zakotlarini berardilar.

Ibn Hajar Asqaloniy rahimahulloh aytadilar: "Musulmonlar sha’bon oyi kirib kelishi bilan zakotlarni ado etishga va Qur’oni karimning tilovatini ko‘paytirishga juda qattiq e’tibor berardilar".

Bir so‘z bilan aytganda, sha’bon oyi nafsni ramazon oyini munosib kutib olishga tayyorlash oyidir. Sha’bon oyingiz muborak bo‘lsin!
 

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom va otinoyilar malakasi oshirildi

6.02.2025   3651   1 min.
Imom va otinoyilar malakasi oshirildi

Diniy idora tasarrufidagi masjidlarda faoliyat yuritib kelayotgan imom-xatib va imom noiblari, otinoyilar, "Xadichai Kubro" madrasasi muddarisalari 2025 yil 6 yanvar kunidan boshlab 1 oy davom etadigan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida tashkil etilgan 144 soatlik malaka oshirish o‘quvlari jarayonida 138 nafar soha xodimlari tinglovchi sifatida malaka oshirdi.


Navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari 3 fevraldan boshlanib, unda 129 nafar imom-xatib va imom noiblar tinglovchi sifatida ishtirok etmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Imom va otinoyilar malakasi oshirildi Imom va otinoyilar malakasi oshirildi Imom va otinoyilar malakasi oshirildi Imom va otinoyilar malakasi oshirildi Imom va otinoyilar malakasi oshirildi
O'zbekiston yangiliklari