Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Fevral, 2025   |   7 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:09
Quyosh
07:29
Peshin
12:42
Asr
16:04
Shom
17:49
Xufton
19:03
Bismillah
06 Fevral, 2025, 7 Sha`bon, 1446
Yangiliklar

Malayziyada ilk marta O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar haqida film taqdimot qilinadi

3.02.2025   3068   1 min.
Malayziyada ilk marta O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar haqida film taqdimot qilinadi

Malayziya telekanalida O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan maxsus film taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bunday loyiha ilk marta Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Bu haqda uza.uz xabar berdi. 
 

Filmda O‘zbekistonning yirik ilm-fan va madaniyat markazi sifatidagi boy tarixi, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, buyuk mutafakkir allomalarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar, Yangi O‘zbekistonda tashkil qilingan xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari faoliyati va yutuqlari haqida hikoya qilinadi.  


Film O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida ilmiy-madaniy sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga, diniy-ma’rifiy sohadagi keng ko‘lamli islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar, muhim natija va ilmiy yutuqlarni malay jamoatchiligi orasida keng tarannum qilishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati


 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ustozning sabog‘i

4.02.2025   2970   1 min.
Ustozning sabog‘i

Ustoz xattaxtaga 1 raqamini yozdi va o‘quvchilarga qarab: “Bu sizning insoniyligingiz”, dedi. So‘ng 1 raqami yoniga 0 raqamini yozib: “Bu sizning boyligingiz” dedi. Yana bir 0 yozar ekan: “Bu sizlarning martabangiz”, dedi.

Ustoz shu zayl raqamni yiriklashtirib borarkan, inson hayotda erishishi mumkin bo‘lgan yutuqlarni sanardi. Keyin esa... Boshlanishdagi 1 raqamini o‘chirib tashladi. Xattaxtada hech bir qiymatga ega bo‘lmagan nollar qoldi. Shunda ustoz shogirdlariga: “Agar sizda insoniylik bo‘lmas ekan, qolgan yutuqlarning bari hech bir qiymatga ega bo‘lmaydi”, dedi.      

Qissadan hissa shuki, hayotning o‘zi bir darsxona. Birini ko‘rib fikr qil, birini ko‘rib shukr qil, degan naql bejiz aytilmagan. Alloh bizga bergan umrni O‘zi rozi bo‘ladigan, boshqalarga naf keltiradigan, dunyo va oxiratda foydali bo‘lgan ishlarga sarflaylik. 

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar