Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2025   |   20 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:40
Bismillah
16 Iyun, 2025, 20 Zulhijja, 1446

Ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda otinoyilar faoliyati

04.02.2025   15309   1 min.
Ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda otinoyilar faoliyati

Respublikamizning barcha hududlarida otinoyilar ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish yuzasidan davomli tadbirlar o‘tkazishmoqda.

O‘tgan hafta davomida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik, giyohvandlik hamda o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish bo‘yicha 220 ta, erta turmush, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlaridan ogoh etish maqsadida 226 ta, to‘y, ma’raka-marosimlarni ixcham, isrofgarchiliksiz o‘tkazish bo‘yicha 346 ta, bid’at-xurofotlarga qarshi kurashish bo‘yicha 260 ta, ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish, oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha 264 ta oila bilan suhbatlashildi.

Moddiy-ma’naviy ko‘makka muhtoj 130 ta xonadonga oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa hadyalar ulashildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda otinoyilar faoliyati Ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda otinoyilar faoliyati Ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda otinoyilar faoliyati Ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda otinoyilar faoliyati Ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda otinoyilar faoliyati Ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda otinoyilar faoliyati
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

2025 yilgi haj mavsumida hojilar soni qancha bo‘ldi?

16.06.2025   1311   1 min.
2025 yilgi haj mavsumida hojilar soni qancha bo‘ldi?

#xabar #haj2025 #statistika 


Saudiya Arabistoni Podshohligi statistika Bosh boshqarmasi haj amallarini bajarish uchun kelgan ziyoratchilar sonini e’lon qildi. Unga ko‘ra:


Bu yil 1 million 673 ming 230 nafar kishi haj amalini ado etgan. Shundan mahalliy ziyoratchilar soni 166 ming  654 nafar.
Hojilarning 877 841 nafari erkak, 795 389 nafari esa ayollardir. 


Ziyoratchilarning kelishi yo‘llari:


Havo yo‘llari orqali: 1 435 017 kishi. 


Quruqlik chegara orqali: 66 465 kishi. 


Dengiz yo‘li orqali: 5 094 kishi. 


Eslatib o‘tamiz bu yil yurtimizdan 15 ming nafar fuqaro haj ibodatini ado etishga muyassar bo‘ldi. So‘nggi 8 yil mobaynida 75 ming nafar kishi haj ibodatini qilishga muvaffaq bo‘ldi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari