Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Fevral, 2025   |   8 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:08
Quyosh
07:28
Peshin
12:42
Asr
16:05
Shom
17:50
Xufton
19:05
Bismillah
07 Fevral, 2025, 8 Sha`bon, 1446
Yangiliklar

Ulamolarning aholi vakillari bilan navbatdagi muloqoti

4.02.2025   4401   1 min.
Ulamolarning aholi vakillari bilan navbatdagi muloqoti

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi rahbariyati Davlatobod tumanida aholi vakillari bilan muloqot uyushtirdi.

Unda bir jamiyatda yashayotgan insonlar o‘zaro tinch-totuv, hamjihatlikda yashashga buyurilgani, oxirgi vaqtlarda ana shu mehr-oqibat va o‘zaro hurmat rishtalarini paydo qiladigan, ularni yanada mustahkam bo‘lishiga sabab bo‘ladigan fazilatlarni keng yoyish juda ham zarur bo‘layotgani hayotiy misollar asosida aytildi.

Qur’oni karim va hadisi shariflarda ilmga, kasb-hunarga targ‘ib qiluvchi ko‘rsatmalar keltirilib, ota-ona farzandiga elu yurt uchun kerakli bo‘ladigan hunar va foydali ilmlarni ham o‘rgatishi lozimligi eslatildi. Bu osoyishta hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘ulari bilan yashashga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov dinimiz ta’limotlarida ota-onaga hurmat, komil inson fazilati, har bir ishda mo‘tadillik, isrofdan saqlanish, riyokorlik, kibr illatidan yiroq bo‘lish, ko‘r-ko‘rona taqlid, zulm kabi gunohlardan saqlanishga chaqirdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ulamolarning aholi vakillari bilan navbatdagi muloqoti Ulamolarning aholi vakillari bilan navbatdagi muloqoti Ulamolarning aholi vakillari bilan navbatdagi muloqoti Ulamolarning aholi vakillari bilan navbatdagi muloqoti Ulamolarning aholi vakillari bilan navbatdagi muloqoti Ulamolarning aholi vakillari bilan navbatdagi muloqoti Ulamolarning aholi vakillari bilan navbatdagi muloqoti Ulamolarning aholi vakillari bilan navbatdagi muloqoti Ulamolarning aholi vakillari bilan navbatdagi muloqoti
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Sahoba munofiq bo‘ldimi?

6.02.2025   2646   2 min.
Sahoba munofiq bo‘ldimi?

Abu Usmon Nahdiydan, u esa Hanzala Usaydiy roziyallohu anhudan rivoyat qiladi. Hanzala Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning yozuvchilari (kotiblari)dan biri edi, bunday deydi: Abu Bakr roziyallohu anhu menga yo‘liqib qoldilar va: — Ey Hanzala, ahvoling qanday? — deb so‘radilar.

Men u kishiga javoban: — Hanzala munofiq bo‘lib qoldi! - dedim. Abu Bakr hayron bo‘lib: — Subhanalloh! Bu nima deganing? — dedilar.

Men: — Biz Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida bo‘lganimizda, u zot bizga do‘zax va jannat haqida zikr qilib, eslatadilar. Shundayki, biz ularni xuddi ko‘z bilan ko‘rayotgandek his qilamiz. Lekin, u zotning huzurlaridan chiqib, ayolimiz, bolalarimiz va tirikchiligimiz bilan mashg‘ul bo‘lsak, ko‘p narsalarni unuta boshlaymiz, - dedim.

Abu Bakr roziyallohu anhu: — Allohga qasamki, biz ham xuddi shunday holatni boshdan kechiramiz! - dedilar. Shunda men va Abu Bakr roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bordik.

Men: — Yo Allohning Rasuli, Hanzala munofiq bo‘lib qoldi! - dedim.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: — Bu nima deganing? - deb so‘radilar.

Men: — Yo Allohning Rasuli, biz sizning huzuringizda bo‘lganimizda, siz bizga do‘zax va jannat haqida eslatasiz, shu darajadaki, biz ularni xuddi ko‘zimiz bilan ko‘rayotgandek his qilamiz. Lekin sizning huzuringizdan chiqib, ayolimiz, bolalarimiz va tirikchilik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lsak, ko‘p narsalarni unuta boshlaymiz, dedim.

Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar: — Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar sizlar mening huzurimda bo‘lganingizdek holatingizni uzluksiz davom ettiradigan bo‘lsangiz, farishtalar yotoqlaringizda va yo‘llaringizda sizlar bilan ko‘rishib, salomlashib yurar edilar. Lekin, ey Hanzala, (har narsaning) o‘ziga yarasha vaqti bor (Bu so‘zni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uch marta takrorladilar) (Imom Muslim rivoyati).

Hadisdan olinadigan xulosa:
Odamning ba’zi vaqtlarda Allohning zikri va ibodat bilan mashg‘ul bo‘lishi, ba’zi vaqtlarda esa o‘zining hayotiy ehtiyojlarini ta’minlashi tabiiy holdir. Bu uning munofiqligiga dalolat qilmaydi. Shuning uchun, ushbu hadisdan noto‘g‘ri xulosa chiqarib, uni gunohlarga yo‘l berish bahonasiga aylantirish mumkin emas.
Hadisdagi ma’no shundan iboratki, musulmon kishi ibodat qilishi bilan birga, vaqti-vaqti bilan tanasiga hordiq berishi va halol narsalardan bahramand bo‘lish huquqini ham ado etishi kerak.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV