Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Fevral, 2025   |   9 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:27
Peshin
12:42
Asr
16:06
Shom
17:51
Xufton
19:06
Bismillah
08 Fevral, 2025, 9 Sha`bon, 1446

Hojilarimizning ko‘maklari katta bo‘lmoqda

7.02.2025   2514   1 min.
Hojilarimizning ko‘maklari katta bo‘lmoqda

“Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” tashabbusi doirasida Respublikamiz hojilari ishtirokida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.


Aytib o‘tish joizki, 2024 yilning 18 iyulidan 2025 yilning 6 fevraliga qadar o‘tkazilgan 65 ming 729 ta tadbir doirasida 402 931 nafar yurtdoshimiz qamrab olindi. Ularning oilaviy sharoitlaridan kelib chiqib, tinchlik qadri va shukronalik, yoshlar tarbiyasi, illatlarga barham berish, ilm-ma’rifatga targ‘ib, yot g‘oyalarga qarshi kurashish mavzularida suhbatlar o‘tkazildi. Ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy yordamlar berildi.


Ushbu xayrli ishlarga diniy soha vakillari bilan bir qatorda 11 mingdan ziyod hojilar jalb etilgan bo‘lib, ular mahallalarda amaliy ishlarda ko‘ngilli ravishda ishtirok etishmoqda. Nizoli oilalarni yarashtirishda, yot unsurlar ta’siriga tushib qolganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishda muhtaram hoji ota-onalarimizning ko‘maklari katta bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hojilarimizning ko‘maklari katta bo‘lmoqda Hojilarimizning ko‘maklari katta bo‘lmoqda Hojilarimizning ko‘maklari katta bo‘lmoqda Hojilarimizning ko‘maklari katta bo‘lmoqda Hojilarimizning ko‘maklari katta bo‘lmoqda Hojilarimizning ko‘maklari katta bo‘lmoqda Hojilarimizning ko‘maklari katta bo‘lmoqda Hojilarimizning ko‘maklari katta bo‘lmoqda Hojilarimizning ko‘maklari katta bo‘lmoqda Hojilarimizning ko‘maklari katta bo‘lmoqda
Boshqa maqolalar

Jigarni quritadigan ichimlik

7.02.2025   3789   1 min.
Jigarni quritadigan ichimlik

So‘nggi paytlarda yoshlar orasida energetik ichimliklar ichish odat tusiga kirdi. Shifokorlar tetiklashtiruvchi bunday ichimlik­larni sog‘lik uchun juda xavfli ekanini ta’­kidlashmoqda.

Energetik ichimliklar 1960 yili Yapo­niyada tibbiyotda dori vositasi sifatida kashf qilingan. Dastlab inson salomatligi uchun zararsiz deb hisoblangan ichimlik asta-sekin ommalashib, tijoratga aylanib ketdi. So‘ngra uning tarkibiga bir qancha kimyoviy moddalar qo‘shildi.

2014 yilga kelib Jahon sog‘liqni saq­lash tashkiloti dunyoda voyaga yetmagan o‘s­mirlarning energetik ichimlikni ko‘p is­te’mol qilishi xavfli ekanini e’lon qildi. Shu sababdan ko‘p mamlakatlarda bu ichimlikka taqiq qo‘yildi.

Salomatlik uchun aso­siy xavflar shakar va ko­fein miqdorining yuqori­ligidir. Energetik­larda esa, kofein 100 ml uchun 30–50 mg bo‘ladi. Ba’zilarida 100 mggacha oshishi mumkin. Bu oddiy qahva (12 mg)dan 8 baravar ko‘p. Energetik ichimliklarni muntazam iste’mol qilish tushkunlikka tushish ehtimolini oshiradi.

“Energetik ichimliklarni muntazam ra­vishda iste’mol qilish yurak xurujini oshiradi, asab tizimini susaytiradi va giyohvandlikka olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, qon bosimini ko‘tarish xavfi bor. Masalan, bitta idishdagi energetik ichimlikda 27 choy qoshiq shakar bor. Agar siz bu ichimliklarni ichsangiz, kelajakda qandli diabet va boshqa og‘ir kasalliklarga duch kelishingiz muqarrar”, deydi mutaxassislar.

Ayrim ishlab chiqaruvchilar bu ichimliklarga hayvonlar aminokislotalariga o‘xshash bo‘lgan taurin moddasini qo‘shadi. Bu modda yurak mushaklarining ishlash jarayonini tezlashtiradi.

Energetik ichimliklar tarkibida shakar miqdori me’yoridan ancha yuqori. Shu bois bir shisha energetik ichimlik ichgan kishi jigari qattiq zo‘riqadi. Energetik ichimliklarni muntazam ichish jigar qu­rishiga olib keladi.