Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Aprel, 2025   |   12 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:29
Quyosh
05:52
Peshin
12:29
Asr
17:03
Shom
19:01
Xufton
20:18
Bismillah
10 Aprel, 2025, 12 Shavvol, 1446

Kim folbinning so‘zini tasdiqlasa

03.03.2025   3566   2 min.
Kim folbinning so‘zini tasdiqlasa

Folbinlik – bu kelajakni bashorat qilish, noyob bilimlarga ega ekanligini da’vo qilish yoki g‘ayrioddiy usullar bilan kimnidir davolash iddaosi. Ba’zilar qo‘llar, kaft chiziqlari yoki karta bilan, boshqalari esa turli sehrli amaliyotlar bilan odamlarni ishontiradi.

Islom dinida folbinlik va sehrdan qat’iy qaytarilgan. Alloh taolo Qur’onda bunday ishlardan qaytargan: “...Senga zarar ham, foyda ham yetkaza olmaydigan narsalarga duo qilma. Agar shunday qilsang, albatta zolimlardan bo‘lasan” (Yunus surasi, 106-oyat).

Shuningdek, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Kim folbin yoki ko‘zboylog‘ichga borib, uning so‘zini tasdiqlasa, u Muhammadga sollallohu alayhi vasallam nozil qilingan narsaga kofir bo‘libdi” (Imom Ahmad rivoyat qilgan).

Bu hadis folbinlarga ishonish qanchalar og‘ir gunoh ekanini ko‘rsatadi.

Ba’zilar qiyinchiliklardan chiqish yo‘lini qidirib, hech qanday dalilsiz folbinlarga yuguradi.

Ko‘pincha inson o‘z hayoti haqida “maxfiy ma’lumot” bilishni xohlaydi va buni folbinlardan izlaydi.

Kimdir folbinlarning so‘zlariga ishonib, ularni haqiqat deb qabul qiladi. Vaholangki, folbinga borish dunyo va oxirat uchun xatarlidir.

1. Iymonni zaiflashtiradi – Folbinlarga ishonish Allohga bo‘lgan tavakkulni kamaytiradi.

2. Odamlarni aldaydi – Folbinlar ko‘pincha yolg‘on aytadi va odamlarning pullarini nohaq yo‘llar bilan oladi.

3. Jamiyatni buzadi – Folbinlarga ishongan odamlar o‘z hayotlarini ularning gaplariga qarab yo‘naltiradi va haqiqatdan uzoqlashadi.

 

Folbinlardan himoyalanishning yo‘llari:

1. Qur’on va hadislarni o‘rganish – Islomda taqdir va tavakkul haqidagi tushunchalarni bilish folbinlarga ishonishdan saqlaydi.

2. Istig‘for va duo qilish – Qiyinchilikda Allohga yuzlanish kerak, chunki haqiqiy yordam faqat Undan keladi.

3. Sahih ilmga tayanish – Har qanday masalada ilmli ulamolardan maslahat olish kerak.

Folbinlarga ishonish nafaqat odamning aqliga, balki iymoniga ham zarar yetkazadi. Haqiqiy hidoyat faqat Allohning kalomi va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatidandir. Shuning uchun hamma vaqt Allohga tavakkul qilib, Undan yordam so‘raylik.

 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Har bir murojaat – e’tiborda!

09.04.2025   3418   1 min.
Har bir murojaat – e’tiborda!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol. 


Bugun, 9 aprel kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan imom-xatiblar faoliyati, haj-umra, ishga joylashish, va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi. 

Jumladan, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi. Masjid va imomlar faoliyatiga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun Idora bo‘limlariga tegishli vazifalar yuklandi


Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Har bir murojaat – e’tiborda! Har bir murojaat – e’tiborda! Har bir murojaat – e’tiborda! Har bir murojaat – e’tiborda! Har bir murojaat – e’tiborda! Har bir murojaat – e’tiborda! Har bir murojaat – e’tiborda!
O'zbekiston yangiliklari