Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Mart, 2025   |   28 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:54
Quyosh
06:13
Peshin
12:33
Asr
16:53
Shom
18:47
Xufton
20:01
Bismillah
28 Mart, 2025, 28 Ramazon, 1446
Yangiliklar

Turkiya telekanallarining Ramazon dasturlarida O‘zbekiston ziyorat turizmi targ‘ib etilmoqda

04.03.2025   9829   1 min.
Turkiya telekanallarining Ramazon dasturlarida O‘zbekiston ziyorat turizmi targ‘ib etilmoqda

Turkiyaning "TRT-Avaz" va "Samarqand-TV" telekanallarining muborak Ramazon oyi uchun mo‘ljallangan dasturlarida O‘zbekiston tarixiy shaharlari haqidagi ko‘rsatuvlar namoyish etilyapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
 

Mazkur telekanallarning muborak Ramazon dasturlari uchun aynan O‘zbekistonni tanlagani bejiz emas. Chunki, turk xalqi mamlakatimizni "Ota yurt" deya e’zozlaydi, mushtarak milliy va diniy qadriyatlarimizning asoslarini Movarounnahrda deb biladi.

 

"TRT-Avaz" tekanalida namoyish etilayotgan "Turkistonda so‘zning mohiyati", "Samarqand-TV"da taqdim etayotgan "Saharlik majlisi" va "Iftordan avval" dasturlari butun Ramazon oyi davomida "praym-taym" vaqtida efirga uzatilayotgani e’tiborga molikdir.

 

Qayd etish kerakki, dasturlar davomida mamlakatimizning tarixiy va muqaddas diniy qadamjolari, Movarounnahrda yetishib chiqqan islom olamidagi mashhur olimlar, shuningdek, so‘nggi yillarda yurtimizdagi qadimiy ziyoratgohlarni asrab-avaylash va obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlar teletomoshabinlar e’tiboriga taqdim etilyapti.

 

Mazkur teleloyihalar mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatini targ‘ib qilish va yurtimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Fuqarolar murojaati tinglanib, ramazon hadyalari ulashildi

20.03.2025   7934   1 min.
Fuqarolar murojaati tinglanib, ramazon hadyalari ulashildi

Ramazoni sharifda diniy-ma’rifiy sohadagi barcha ishlarni o‘zgacha ruh va kayfiyat qurshab oladi. Xususan, ulug‘ oydagi O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqoti ko‘plab muammolar o‘z yechimini topishida muhim omil bo‘lmoqda.  

Ana shunday qabullardan biri bugun, 19 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdilar. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan masjidlar holati, imom-xatib faoliyati, haj, oilaviy kelishmovchilik, diniy ta’lim hamda moddiy yordam olish singari masalalarning aksariyati ijobiy hal etildi. 

Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi. 

Mana shunday samimiy qabul va Ramazon hadyalaridan mamnun bo‘lgan fuqarolar ko‘rsatilgan e’tibordan ko‘ngillari shod bo‘lib, xayrli duolar qilishdi. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Fuqarolar murojaati tinglanib, ramazon hadyalari ulashildi Fuqarolar murojaati tinglanib, ramazon hadyalari ulashildi Fuqarolar murojaati tinglanib, ramazon hadyalari ulashildi Fuqarolar murojaati tinglanib, ramazon hadyalari ulashildi Fuqarolar murojaati tinglanib, ramazon hadyalari ulashildi Fuqarolar murojaati tinglanib, ramazon hadyalari ulashildi Fuqarolar murojaati tinglanib, ramazon hadyalari ulashildi Fuqarolar murojaati tinglanib, ramazon hadyalari ulashildi