Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Aprel, 2025   |   12 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:29
Quyosh
05:52
Peshin
12:29
Asr
17:03
Shom
19:01
Xufton
20:18
Bismillah
10 Aprel, 2025, 12 Shavvol, 1446
Yangiliklar

Turkiya telekanallarining Ramazon dasturlarida O‘zbekiston ziyorat turizmi targ‘ib etilmoqda

04.03.2025   10128   1 min.
Turkiya telekanallarining Ramazon dasturlarida O‘zbekiston ziyorat turizmi targ‘ib etilmoqda

Turkiyaning "TRT-Avaz" va "Samarqand-TV" telekanallarining muborak Ramazon oyi uchun mo‘ljallangan dasturlarida O‘zbekiston tarixiy shaharlari haqidagi ko‘rsatuvlar namoyish etilyapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
 

Mazkur telekanallarning muborak Ramazon dasturlari uchun aynan O‘zbekistonni tanlagani bejiz emas. Chunki, turk xalqi mamlakatimizni "Ota yurt" deya e’zozlaydi, mushtarak milliy va diniy qadriyatlarimizning asoslarini Movarounnahrda deb biladi.

 

"TRT-Avaz" tekanalida namoyish etilayotgan "Turkistonda so‘zning mohiyati", "Samarqand-TV"da taqdim etayotgan "Saharlik majlisi" va "Iftordan avval" dasturlari butun Ramazon oyi davomida "praym-taym" vaqtida efirga uzatilayotgani e’tiborga molikdir.

 

Qayd etish kerakki, dasturlar davomida mamlakatimizning tarixiy va muqaddas diniy qadamjolari, Movarounnahrda yetishib chiqqan islom olamidagi mashhur olimlar, shuningdek, so‘nggi yillarda yurtimizdagi qadimiy ziyoratgohlarni asrab-avaylash va obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlar teletomoshabinlar e’tiboriga taqdim etilyapti.

 

Mazkur teleloyihalar mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatini targ‘ib qilish va yurtimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Namoz o‘quvchilar Alsgeymer kasalligiga duchor bo‘lmaydilar

04.04.2025   4332   1 min.
Namoz o‘quvchilar Alsgeymer kasalligiga duchor bo‘lmaydilar

Alsgeymer kasalligi miya funksiyasining so‘nishi alomatlaridan biridir. Bu kasallikka chalingan odam xuddi yosh boladek bo‘lib qoladi. Bemor bo‘lib o‘tgan voqealarni eslab qololmaydi, qaysi kunligini, haftaligini, o‘zining yoshi, turar joyini bilmaydi. Eng yomoni, bemor yaqinlarini, hatto ayoli, o‘g‘il-qizlarini tanimay qoladi. Odamlar bilan muloqot qilish qobiliyatini yo‘qotadi. Oddiy ishlarning qanday bajarilishini bilmaydi.

Kasallik rivojlanib borishi bilan chalkashishlik, ta’sirchanlik va agressivlik, kayfiyat o‘zgarishi kabi simptomlar namoyon bo‘la boshlaydi, gapirish va aytilgan gapni tushunish qobiliyati buziladi, uzoq muddatli xotiraning yo‘qolib borishi kuzatiladi, ongning susayib borishi bilan bemor ishdan, xarakatdan qoladi. Organizm faoliyatining borgan sari yo‘qolib borishi o‘limga olib boradi.

Olimlar olib borgan tadqiqotlarning natijasiga ko‘ra, besh mahal namozni ado etish Alsgeymer kasalligining rivojlanish xavfini va xotiraning zaiflashini 50 %ga kamaytirishi aniqlandi. Xuju’-xuzu bilan ado etilgan namoz qon tomirlari tizimini, qon aylanishini yaxshilaydi, tanaga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Tadqiqotda jami 65 yoshdan oshgan 892 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.

Davron NURMUHAMMAD