Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Mart, 2025   |   7 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:30
Quyosh
06:48
Peshin
12:39
Asr
16:35
Shom
18:24
Xufton
19:36
Bismillah
07 Mart, 2025, 7 Ramazon, 1446
Yangiliklar

Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, hadyalar ulashildi

5.03.2025   2538   1 min.
Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, hadyalar ulashildi

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Pastdarg‘om tumanida bo‘lib, insonparvarlik va mehr-muruvvat ishlarini amalga oshirdi.
 

Tashrif davomida turli millat vakillaridan bo‘lgan 4 nafar ehtiyojmand oila holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi. Shuningdek, Ramazon oyining fazilatlari, uning sabr, bag‘rikenglik va mehr-oqibat oyi ekani haqida tavsiyalar berdi.
 

Oilalar tashrifdan minnatdor bo‘lib, bu kabi ezgu ishlar jamiyatimizda millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashini ta’kidlashdi.
 

Bu xayrli tadbir Ramazon oyida ehtiyojmand va muhtoj insonlarga yordam berish, musulmonchilik va insonparvarlik an’analarini keng yoyish maqsadida amalga oshirildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, hadyalar ulashildi Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, hadyalar ulashildi Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, hadyalar ulashildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Talaba zakot olishga haqlimi?

6.03.2025   1520   1 min.
Talaba zakot olishga haqlimi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Hanafiy mazhabining yetuk faqihi Ibn Obidin rahimahulloh Tanqiyhul fatovol Homidiyya kitobida bunday deganlar: Talaba ilm olish uchun yo‘lga chiqsa, uning moddiy sharoitini ta’minlash musulmonlar zimmasiga lozim bo‘lur. Agar unga yetarli mablag‘ni ajratmasalar, shu mablag‘ ulardan qozining buyrug‘i ila majburan undirib berilur. Shuningdek, zakotni vaqtida ado qilmay, zimmasida zakot berish qarzi bo‘lgan kishilarni ham uni ado etishga (tolibi ilmga berishga) majburlanurlar”.


Molikiy mazhabining yetuk faqihi Qasriy ibn Muhammad al-Muxtor ibn Usmon ibn al-Qasriy, al-Iydaylabiy rahimahulloh “Tolibi ilmlar har yili musulmonlardan yuz dinor miqdorida moliyaviy mablag‘ olishga haqli bo‘lurlar” – deb fatvo berganlari aytilgan.


Alloma Ibn Obidin rahimahulloh: “Raddul Muhtor” kitobida bunday deganlar: “Baytul-mol ya’ni davlat budjetidan ajratiladigan yordam pullarining beriladigan o‘rinlaridan biri – olimlar va boshqa ishlarni tashlab, shar’iy ilm olishga astoydil kirishgan talabalardir”. Vallohu a’lam.

Bahodir Bahromjon o‘g‘li,
“Hadis va islom tarixi fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi.