Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Mart, 2025   |   28 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:54
Quyosh
06:13
Peshin
12:33
Asr
16:53
Shom
18:47
Xufton
20:01
Bismillah
28 Mart, 2025, 28 Ramazon, 1446

Alloh rozi bo‘ladigan amal

17.03.2025   5894   1 min.
Alloh rozi bo‘ladigan amal

Ramazonning 15 kuni (15 mart) Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov poytaxtimizning Yangi hayot tumanida ">bo‘ldi

Tuman imomlari bilan 10 ta kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. Ularga ro‘zg‘on uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi.

Shunday oilalar orasida o‘zga millat, boshqa din vakillari ham bor.

Ramazon oyida bajarilgan ezgu amal, yaxshiliklar, qilingan xayr-ehson va sadaqalar boshqa oylardagiga nisbatan bir necha barobar fazilatli va savobi ulug‘dir. Sadaqa boisidan hatto egasiga kelishi muqarrar bo‘lgan balo va musibatlar ham ariydi.  

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim halol kasbidan ixlos bilan xurmo qiymaticha sadaqa qilsa, Alloh taolo uni rozi bo‘lib qabul qiladi. Alloh faqatgina halolni qabul qilur. So‘ng uni sohibi uchun xuddi biringiz toychoqni o‘stirgani kabi o‘stiradi, hatto u tog‘ kabi bo‘ladi», dedilar.

Alloh taolo taolo ehsonlarni qabul qilsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati



 

Alloh rozi bo‘ladigan amal Alloh rozi bo‘ladigan amal Alloh rozi bo‘ladigan amal Alloh rozi bo‘ladigan amal Alloh rozi bo‘ladigan amal Alloh rozi bo‘ladigan amal Alloh rozi bo‘ladigan amal Alloh rozi bo‘ladigan amal
Boshqa maqolalar

Ilmiy va innovatsion loyihalar muhokama qilindi

26.03.2025   4942   4 min.
Ilmiy va innovatsion loyihalar muhokama qilindi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Ilmiy kengashning  Markaz ekspozitsiyasini boyitish va takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Milliy kutubxona, Islom sivilizatsiyasi markazi rahbar va xodimlari, akademik va professorlar ishtirok etdi. 

Uchrashuvda belgilangan 12 ta Ishchi guruh rahbarlari ishtirokida ekspozitsiyani ilmiy va innovatsion artefaktlar bilan boyitish masalalari, ularni tahlil va nazorat qilish tartiblari muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida ekspozitsiyani tashkillashtirishda hamkorlik qilgan olimlarni moliyaviy rag‘batlantirish, Markaz kutubxonasini interaktiv usulda tashkil qilish bo‘yicha fikr almashildi. Ishchi guruh a’zolariga Markaz ekspozitsiyasini yaratishda loyiha rahbarlari va dizaynerlarning bir-biri bilan uzviy aloqalarini ta’minlash, yaratilgan ijodiy ishlarning mazmuni va xronologiyasiga alohida e’tibor qilish  vazifalari qo‘yildi.  

Bahrom Abduhalimov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik  instituti direktori:

Ilmiy kengash a’zolari loyihalar qay jarayonga yetgani va ularning umumiy nazoratini o‘z zimmamizga olishimiz kerak. Ishlarga tahlil va tanqid bilan qaramasak, samara bermasligi mumkin. Barchamizning maqsadimiz bir — Mamlakatimiz rahbari belgilab bergan vazifalarni bajarish, ishonchlarini oqlash! Shuning uchun  olimlar, soha mutaxassislari, mas’ul shaxslar bahamjihat bo‘lib fikr almashib turishimiz foydadan xoli bo‘lmaydi. 

Umida Teshaboyeva, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori:

Markaz kutubxonasi bo‘yicha 26 ta loyiha ustida ish olib boryapmiz. Ularning 16 tasi mahalliy va 9 tasi xalqaro darajadagi loyihalardir. Avgustga qadar ishlarning ma’lum qismini tugallashni rejalashtirganmiz. Hozirda bizning loyihalarda muammo yo‘q. Ammo xorij bilan aloqalarni o‘rnatishda, ular bilan mahsulot almashinuvida Markazning   yordami kerak bo‘ladi. Kutubxona uchun kerak bo‘lgan zarur texnikalar, moliyalashtirilish jarayonlarini ham aniq belgilab olish zarur. Shu tarzda ishlar ham samarali davom etadi. 

Jannat Ismoilova, O‘zbekiston  tarixi Davlat muzeyi direktori:

Jarayonlar qizg‘in kechmoqda. Ayni vaqtda biz loyihalar doirasida xalqaro hamkorlar bilan bog‘lanib, fikr almashishga kirishib ketganmiz.   Xalqaro hamkorlar  ham Markaz faoliyatiga katta qiziqish bildirib o‘tmoqda. Ayni kunlarda ular bilan shartnoma tuzish, istiqbolli rejalarni belgilab olish jarayonlari ustida turibmiz. 

Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori:

Muhtaram Prezidentimiz joriy yilning  29 yanvar kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash doirasida tizimli ishlar olib borilyapti.  Bugungi yig‘ilish zamirida ana shu maqsad ilgari surilmoqda.  Darhaqiqat, Markaz, nafaqat, binoning  mahobati bilan, qolaversa, mazmunan, nodir eksponat va boy kontentlari bilan ham haqiqiy megaloyihaga aylanishi kerak. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimiz rahbari aytganidek, ushbu maskan mukammal markaz bo‘lishi kerak. Bu markaz Uchinchi Renessansning ilmiy poydevoriga aylanishi kerak. Bugungi kunda bizning oldimizga qo‘ygan asosiy vazifamiz Markazga tashrif buyuradigan har bir insonni boy tarixiy merosimiz bilan hayratga solish,  buyuk kelajagimizga ishonch, yosh avlodlarda faxr va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishdir. Maqsadimiz o‘tmish va kelajak o‘rtasida ko‘prik yaratish, tarixni oson tilda yoshlarga tushuntirib berish. Zero,  Prezident  mazkur maskanni tashkil etishdan ko‘zlagan maqsadi ham shu.   

Ma’lumot uchun, hozirgi kunga qadar birinchi bosqich uchun tanlab olingan   600 dan ortiq   ilmiy va innovatsion ishlardan 400 tasi  saralab olinib, ekspozitsiyaga taqdim etish uchun  olimlar va mas’ullar rahbarligi ostida maxsus guruhlar shakllantirilmoqda.

Yig‘ilish so‘ngida, 800 dan ortiq loyihaning birinchi bosqichda amalga oshirish uchun saralab olinganlari doirasida  amalga oshirilayotgan  jarayonlar yuzasidan yozma ravishda hisobot berib borilishi aytib o‘tildi.

https://cisc.manbalar.uz/ky/news-item/30/ 

Ilmiy va innovatsion loyihalar muhokama qilindi Ilmiy va innovatsion loyihalar muhokama qilindi Ilmiy va innovatsion loyihalar muhokama qilindi Ilmiy va innovatsion loyihalar muhokama qilindi