Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Aprel, 2025   |   10 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:33
Quyosh
05:55
Peshin
12:30
Asr
17:01
Shom
18:59
Xufton
20:15
Bismillah
08 Aprel, 2025, 10 Shavvol, 1446

Alloh rozi bo‘ladigan amal

17.03.2025   6139   1 min.
Alloh rozi bo‘ladigan amal

Ramazonning 15 kuni (15 mart) Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov poytaxtimizning Yangi hayot tumanida ">bo‘ldi

Tuman imomlari bilan 10 ta kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. Ularga ro‘zg‘on uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi.

Shunday oilalar orasida o‘zga millat, boshqa din vakillari ham bor.

Ramazon oyida bajarilgan ezgu amal, yaxshiliklar, qilingan xayr-ehson va sadaqalar boshqa oylardagiga nisbatan bir necha barobar fazilatli va savobi ulug‘dir. Sadaqa boisidan hatto egasiga kelishi muqarrar bo‘lgan balo va musibatlar ham ariydi.  

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim halol kasbidan ixlos bilan xurmo qiymaticha sadaqa qilsa, Alloh taolo uni rozi bo‘lib qabul qiladi. Alloh faqatgina halolni qabul qilur. So‘ng uni sohibi uchun xuddi biringiz toychoqni o‘stirgani kabi o‘stiradi, hatto u tog‘ kabi bo‘ladi», dedilar.

Alloh taolo taolo ehsonlarni qabul qilsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati



 

Alloh rozi bo‘ladigan amal Alloh rozi bo‘ladigan amal Alloh rozi bo‘ladigan amal Alloh rozi bo‘ladigan amal Alloh rozi bo‘ladigan amal Alloh rozi bo‘ladigan amal Alloh rozi bo‘ladigan amal Alloh rozi bo‘ladigan amal
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Allohning omonatlari

07.04.2025   1890   1 min.
Allohning omonatlari

O‘lim to‘shagida yotgan ayol eridan: “agar men vafot etsam qancha vaqt o‘tganidan keyin yana uylanasiz” deb so‘radi. Eri: “Qabringning tuprog‘i qurishi bilan”, deb javob berdi. Oradan biroz vaqt o‘tib, ayol vafot etdi. Eri va’dasiga binoan to ayolning qabri tuprog‘i quriguncha ziyoratga borib turadigan bo‘ldi. Ammo oradan yil o‘tdi hamki, qabr tuprog‘i nam bo‘lib turardi. Er bu sirni bilish uchun panada poyladi. Bir yigit chelakda suv olib ayolining qabriga sepa boshladi. “Nima qilyapsan?” deb oldiga kelsa, qaynisi ekan. U: “Opamning vasiyatini bajaryapman”, dedi.

Bundan ko‘rinadiki, ayol hatto vafot etsa ham erini rashk qilarkan, yaxshi ko‘rarkan. Masalaning ikkinchi tomoni shuki, biz qadri baland erlar o‘z ayolimizni qay darajada yaxshi ko‘ramiz, qadrlaymiz?!

Ular bor ekan, doim kiyimimiz, uyimiz toza. Dasturxonda taomimiz tayyor. Farzandlarimizdan ko‘nglimiz to‘q. Ular kecha-kunduz xizmatimizga shay. Shunday ekan, ba’zan nimadir xato qilsa, ishlariga ulgurmagan bo‘lsa, ularni qattiq koyimaylik. Zero, ular bizga Allohning omonatlaridir. Biz ularga mas’ulmiz. Quydagi oyatni doim esda tutaylik:

Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshlig‘i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab – Alloh ularning ayrimlari (erkaklar)ni ayrimlari (ayollar)dan (ba’zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o‘z oilasiga) o‘z mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir(Niso surasi, 34-oyat).

Akbarshoh Rasulov

 

Maqolalar