Sayt test holatida ishlamoqda!
24 May, 2025   |   26 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:18
Quyosh
04:57
Peshin
12:25
Asr
17:29
Shom
19:46
Xufton
21:19
Bismillah
24 May, 2025, 26 Zulqa`da, 1446
Maqolalar

Yil bo‘yi ro‘zador bo‘lishni istasangiz

24.03.2025   7570   1 min.
Yil bo‘yi ro‘zador bo‘lishni istasangiz

Bismillahir Rohmanir Rohiym

من صام رمضان ثم أتبعه بست من شوال كان كصوم الدهر

Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon ro‘zasini tutib, ketidan Shavvoldan olti kun ro‘za tutsa, yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Ramazon ro‘zasi o‘ttiz kunining o‘n barobari o‘n oy (300 kun), Shavvol oyining olti kun ro‘zasi esa (60 kun) ikki oy bo‘ladi. Jami 360 kun (bir yil)ni tashkil etadi. Natijada, kishi butun yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi. Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi: “Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar (ko‘paytirib yozilur)(An’om” surasi, 160-oyat).

عن ابن عمر رضي الله عنهما أن رسول الله صلَّ الله عليه وسلم قال من صام رمضان واتبعه ستاً من شوال خرج من ذنوبه كيوم ولدته

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon ro‘zasini tutib, ortidan Shavvol oyida olti kun ro‘za tutsa, huddi onadan tug‘ilgandek gunohlardan forig‘ bo‘ladi”, deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).

Ulamolar: "Shavvol oyi ro‘zasini oy boshida ketma-ket olti kun yoki oy davomida bo‘lib-bo‘lib tutish ham joiz", deganlar. Imom Ahmad rahmatullohi alayh aytadi: “Shavvol oyi ro‘zasi ketma-ket olti kun tutilsa ham, bo‘lib-bo‘lib tutilsa ham fazilati tengdir”.

Allohim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashimizga tavfiq ato et!

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ro‘zg‘orda yetishmovchilik bo‘lyaptimi?

19.05.2025   6902   1 min.
Ro‘zg‘orda yetishmovchilik bo‘lyaptimi?

Mishariy Xarroz rahimahulloh aytadilar:

“Noliyapsanmi?

Hovli-joying torlik qilyaptimi?

Yoki yashashing va turmushingdagi mushkulotlar ko‘pmi?

Yoki uyingdagi ehtiyojlaring tez tugab qolyaptimi?

Yoki oilang, ro‘zg‘oringda yetishmovchilik bo‘lyaptimi?

U holda senga Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘qigan quyidagi duolarini dalolat qilaman. Uni tajriba qilib ko‘rib, shaxsiy hayotimda ajib ta’sirini ko‘rganman: “Allohummag‘firliy zanbiy, va vassi’ liy fiy dariy, va barik liy fiy rizqiy! (Robbim, gunohlarimni kechir. Hovlimni keng qil va rizqimga baraka ber).

Bunga rioya qilarkansan, tez orada uyingdagi holatni o‘zgarishini ko‘rasan, inshaalloh!”.