Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyun, 2025   |   10 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:07
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:56
Xufton
21:33
Bismillah
06 Iyun, 2025, 10 Zulhijja, 1446
Maqolalar

Yil bo‘yi ro‘zador bo‘lishni istasangiz

24.03.2025   7730   1 min.
Yil bo‘yi ro‘zador bo‘lishni istasangiz

Bismillahir Rohmanir Rohiym

من صام رمضان ثم أتبعه بست من شوال كان كصوم الدهر

Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon ro‘zasini tutib, ketidan Shavvoldan olti kun ro‘za tutsa, yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Ramazon ro‘zasi o‘ttiz kunining o‘n barobari o‘n oy (300 kun), Shavvol oyining olti kun ro‘zasi esa (60 kun) ikki oy bo‘ladi. Jami 360 kun (bir yil)ni tashkil etadi. Natijada, kishi butun yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi. Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi: “Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar (ko‘paytirib yozilur)(An’om” surasi, 160-oyat).

عن ابن عمر رضي الله عنهما أن رسول الله صلَّ الله عليه وسلم قال من صام رمضان واتبعه ستاً من شوال خرج من ذنوبه كيوم ولدته

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon ro‘zasini tutib, ortidan Shavvol oyida olti kun ro‘za tutsa, huddi onadan tug‘ilgandek gunohlardan forig‘ bo‘ladi”, deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).

Ulamolar: "Shavvol oyi ro‘zasini oy boshida ketma-ket olti kun yoki oy davomida bo‘lib-bo‘lib tutish ham joiz", deganlar. Imom Ahmad rahmatullohi alayh aytadi: “Shavvol oyi ro‘zasi ketma-ket olti kun tutilsa ham, bo‘lib-bo‘lib tutilsa ham fazilati tengdir”.

Allohim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashimizga tavfiq ato et!

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda

30.05.2025   10421   2 min.
Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda

#xabar #haj2025

Makka shahrida ziyoratchilar joylashgan mehmonxonalarda ma’rifiy suhbatlar o‘tkazilib, ulug‘ ibodat ahkomlari va hojilik odoblari haqida mav’izalar qilinmoqda. Yurtimizda keyingi yillarda haj va umra safarlarini yuqori darajada tashkil etilayotgani, yurtdoshlarimizga ushbu ibodatlarini chiroyli ado etishlari uchun har tomonlama qulaylik va sharoitlar hozirlashga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlanmoqda.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari,  O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, Qur’on va tajvid bo‘limi mudiri shayx Alijon qori Fayzulla Maxdum o‘g‘li, Fatvo markazi direktori o‘rinbosari G‘ulomjon domla Xolboyev, Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov, Toshkent shahar vakili o‘rinbosari Abdulloh domla Yo‘ldoshev, “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi Muhammadamin domla Alixonov, “Eshon Boboxon” jome masjidi imom-xatibi Tavakkal domla Kenjayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Muhammadbobur domla Yo‘ldoshev kabi ulamolar hojilarga suhbatlar qilib berishmoqda.

 

Uchrashuvlarda tabarruk shaharlar qadr-qimmati, bu yerlarda ziyorat va ibodat qilish ulkan saodat ekani, bu ulug‘ joylarda Rasul alayhissalom yurganlari, Islom tarixidagi muhim voqealar sodir bo‘lgani, haj ulug‘ ibodatligi, bunday sharafga yetkazgani uchun Alloh taologa shukronalar aytish, har bir ziyoratchi haqiqiy hojilik maqomiga yetishish yo‘lida yuksak ixlos, go‘zal odob bilan harakat qilish tavsiya etilmoqda.

 

Shuningdek, ma’rifiy suhbatlar chog‘ida, avvalo, niyatni to‘g‘ri qilish, doimo Alloh taoloning zikpi bilan band bo‘lish, ictig‘fop, dyolar va Qyp’oni kapimni tilovatini ko‘paytirish, tilni behyda co‘zlapdan tiyilish, qo‘lidan kelganicha odamlapga yaxshilik qilish, qalbni mashg‘yl qiluvchi narsalardan xoli bo‘lish, o‘zini kamtar tytish, zeby ziynatga e’tibop bepmaclik singari haj odoblariga amal qilish hajning mabrur bo‘lishiga sabab bo‘lishi haqida shar’iy dalil va hayotiy misollar asosida eslatib o‘tilmoqda.

Suhbatlar nihoyasida ziyoratchilar bilan haj ibodatiga doir savol-javoblar ham bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda