2025 yilning 29-30 aprel kunlari dunyo ilm-fan ahlining e’tibori Samarqand shahriga qaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra ayni shu kunlari Samarqand shahrida “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Anjumanda dunyoning 100 dan ziyod ko‘zga ko‘ringan olimlari, muftiylar, ilm-fan arboblari va ilmiy tadqiqodchilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.
Konferensiya haqida batafsil ma’lumotni axborot xati orqali tanishish mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, siyosiy fanlar doktori, professor Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi mutaxassisi Hurmuhammad Nurbayev Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursida bo‘lishdi.
O‘quv kursida 3 oy ta’lim olib, tahsilni yakunlagan 28-davra bitiruvchilari uchun tadbir tashkil etildi.
Yakunda bitiruvchilarga sertifikat va mus'hafi shariflar hadya qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati