Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Aprel, 2025   |   2 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:53
Quyosh
05:22
Peshin
12:25
Asr
17:16
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
30 Aprel, 2025, 2 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

Qarindoshlarga yaxshilik qilish umrni uzoq, rizqni keng qiladi

28.03.2025   9515   1 min.
Qarindoshlarga yaxshilik qilish umrni uzoq, rizqni keng qiladi

Bugun, 28 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari juma namozini Toshkent shahri Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidida ado etdilar. 


Juma namozidan oldin Muftiy hazratlari jomega yig‘ilgan jamoatni yaqinlashib kelayotgan Ramazoni sharif bilan qutlash barobarida “Silai rahmni uzmang!” mavzusida suhbat qilib berdilar. 


Muftiy hazrat ma’ruza davomida Ramazon oyi ham nihoyalab borayotgani, shu bois ajru savoblar ko‘paytirib beriladigan onlarni g‘animat bilib, xayrli amallarni ko‘proq qilib qolishimiz lozimligi, ushbu xayrli ishlarning eng afzali qarindosh urug‘larga, yaqinlarga qilingani ekanini bayon etdilar.  


Mav’iza asnosida Qur’on karimdagi: “Ular Alloh bog‘lanishga buyurgan narsalarni (ya’ni qarindoshlar bilan aloqani) bog‘laydilar, Parvardigorlaridan qo‘rqadilar...” degan va oyat davomida bularning mukofoti sifatida: “... aynan o‘shalar uchun dunyo oqibati (jannat) bordir”, (Ra’d, 22-23) degan mazmundagi oyati karimalar shar’iy dalil va hayotiy misollar bilan sharhlab berildi.  


Go‘zal suhbat oxirida Muftiy hazratlari Haq taolo barchaga ikki dunyo saodatini nasib qilishini so‘rab, elu yurtimiz haqqiga xayrli duolar qildilar.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Qarindoshlarga yaxshilik qilish umrni uzoq, rizqni keng qiladi Qarindoshlarga yaxshilik qilish umrni uzoq, rizqni keng qiladi Qarindoshlarga yaxshilik qilish umrni uzoq, rizqni keng qiladi Qarindoshlarga yaxshilik qilish umrni uzoq, rizqni keng qiladi Qarindoshlarga yaxshilik qilish umrni uzoq, rizqni keng qiladi Qarindoshlarga yaxshilik qilish umrni uzoq, rizqni keng qiladi Qarindoshlarga yaxshilik qilish umrni uzoq, rizqni keng qiladi Qarindoshlarga yaxshilik qilish umrni uzoq, rizqni keng qiladi Qarindoshlarga yaxshilik qilish umrni uzoq, rizqni keng qiladi Qarindoshlarga yaxshilik qilish umrni uzoq, rizqni keng qiladi Qarindoshlarga yaxshilik qilish umrni uzoq, rizqni keng qiladi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ellikboshilar uchun navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi

26.04.2025   22264   1 min.
Ellikboshilar uchun navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi

Haj – 2025

Bugun, 26 aprel kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Aduqahhor domla Yunusov rahbarliklarida poytaxtimizdagi «Shayx Zayniddin» jome masjidi majlislar zalida bu yil guruh rahbari bo‘lib hajga ketayotgan ellikboshilar uchun navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Guruh rahbarlariga Abduqahhor domla Yunusov hajga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordilar.
Hajga jo‘nashga ham sanoqli kunlar qoldi. Shu bois har ellikboshi o‘z guruhi a’zolari bilan yaqindan tanishib olishi zarurligi yig‘ilishda qayd etildi. 


Xayrli duolar bilan yig‘ilish yakunlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahri vakilligi

Matbuot xizmati

Ellikboshilar uchun navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi Ellikboshilar uchun navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi Ellikboshilar uchun navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi Ellikboshilar uchun navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi Ellikboshilar uchun navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi Ellikboshilar uchun navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi