Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Aprel, 2025   |   12 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:29
Quyosh
05:52
Peshin
12:29
Asr
17:03
Shom
19:01
Xufton
20:18
Bismillah
10 Aprel, 2025, 12 Shavvol, 1446

Allohim, g‘am va xafachiliklarni ketkaz

01.04.2025   2050   1 min.
Allohim, g‘am va xafachiliklarni ketkaz

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon namozlarini tamomlasalar, o‘ng qo‘llarini peshonalariga surtib so‘ngra:

أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ الرَّحْمَنُ الرَّحِيمُ اللهُمَّ أَذْهِبْ عَنِّي الهَمَّ وَالْحَزَنَ

«Ashhadu allaa ilaha illallohur rohmanur rohiym. Allohummazhib ’annil hamma val hazan», deb aytardilar.

Ma’nosi: Rahmon va rahim sifatli Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik beraman. Allohim, mendan g‘am va xafachiliklarni ketkaz (Ibn Sunniy rivoyati).

Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Boshqalar bilan bo‘lishish baxti

09.04.2025   2206   1 min.
Boshqalar bilan bo‘lishish baxti

Bir qishloqda Ibrohim ismli bolakay onasi bilan yashardi. Ularning yashash sharoiti uncha yaxshi emasdi. Shunga qaramasdan uning onasi har kuni eshiklari yoniga boshqalar olib yeyishi uchun yegulik qo‘yardi.


Bir kuni Ibrohim: “Onajon, siz nega boshqalar uchun har doim eshigimiz yoniga yegulik qo‘yasiz? Axir o‘zimiz ham nochor yashayapmiz-ku?” deb so‘radi. Shunda onasi tabassum bilan: “O‘g‘lim, qachonki biz Alloh bergan ne’matlarga shukr qilib, oziga qanoatlansak, borini boshqalar bilan baham ko‘rsak, shunda Alloh u ne’matlarni ko‘paytirib beradi”, dedi. Ibrohim onasining bu gaplariga unchalik ham tushunmadi. Qanday qilib uydagi narsani ikkiga bo‘lib ko‘paytirish mumkinligiga aqli yetmadi.


Bir oqshomda o‘rta yoshlardagi kishi kelib ularning eshigini qoqdi.  “Har kuni sizlarning eshigingiz oldida yegulik ko‘rib, olib yerdim. Alloh sizlarning topganlaringizga baraka bersin, deya duo qilardim. O‘zim oldin tijoratchi bo‘lganman. Hozir ozroq daromad topdim. Shuni sizlarga bersam”, dedi. Ibrohim u pul bilan o‘qib, ilm oldi.


Yillar o‘tib Ibrohim juda katta olim bo‘ldi. U boshqalarga ham ilm berar ekan, onasining gaplarini eslab: “Har doim imkon darajasida yaxshilik qilishdan to‘xtamaslik kerak ekan. Qiymatidan qat’iy nazar, bor narsangizni boshqalar bilan bo‘lishish baxt ekan”, deydi. Zero, “Ular yengillikda ham, og‘irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g‘azabini yutadiganlar va odamlarni avf qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradi” (Oli Imron surasi, 134-oyat).


Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar