Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447
Yangiliklar

“Haj – 2025” mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha  o‘quv seminarlar boshlandi

15.04.2025   14123   1 min.
“Haj – 2025” mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha  o‘quv seminarlar boshlandi

Bugun, 15 aprel kuni “Haj-2025” mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni namunali va tartibli tashkil etish maqsadida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan boruvchi haj ziyoratchilariga biriktirilgan guruh rahbarlari uchun o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
 

Mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Bobomurod Rustamov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj va umra markazi boshlig‘i Maqsud Karimov, Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov boshchiligida olib borildi.
 

O‘quv seminarda guruh rahbarlariga haj amallarini ado etishning shar’iy qoidalari, uning farz, vojib, sunnatlari, ehromga kirish, tavof va sa’y qilishning tartib-qoidalari, haj mavsumi davomida man etilgan amallardan saqlanish, shuningdek, Madinai munavvara va Makkai mukarrama shaharlaridagi muborak joylarni ziyorat qilish odoblari haqida suhbat olib borildi.
 

Shuningdek, guruh rahbarlari ziyoratchilarga muborak safar davomida yaratilgan sharoitlar, tibbiyot xizmati, mehmonxona tartib-qoidalari, safarga borib kelishdagi barcha tartib-intizomlar haqida ma’lumotlar aytib o‘tildi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga kerakli javoblar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

“Haj – 2025” mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha  o‘quv seminarlar boshlandi “Haj – 2025” mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha  o‘quv seminarlar boshlandi “Haj – 2025” mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha  o‘quv seminarlar boshlandi “Haj – 2025” mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha  o‘quv seminarlar boshlandi “Haj – 2025” mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha  o‘quv seminarlar boshlandi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Kosonsoyda "Haj – 2025" ziyoratchilari faoliyat boshlandi

08.07.2025   413   1 min.
Kosonsoyda

7 iyul kuni Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbasiddinov rahbarligida vakillik xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari va “Haj – 2025” ziyoratchilaridan tuzilgan ishchi guruh Kosonsoy tumanida faoliyat boshladi.

Uchrashuv “A’loxon Maxdum“ jome masjidida bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishda tumanlar bosh imom-xatiblari, vakillik xodimlari va ma’naviyat targ‘ibotchisi bo‘lgan hojilar ishtirok etdi. Kosonsoy tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, quyidagi 3 ta yo‘nalish belgilab berildi: 
 

  1. Ziyoratchilarni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga faol jalb etish;
  2. Masjid boshqaruvi bo‘yicha imom-xatiblarga maslahat va ko‘mak berish;
  3. Peshin namozida dolzarb mavzuda ma’ruza qilish amaliyotini joriy etish.
     

Ishchi guruh mahallalardagi bir necha xonadonlarga tashrif buyurib, aholi holidan xabar oldi. Yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazildi, taklif va mulohazalar tinglandi, keksalardan duo olindi.


Loyiha doirasidagi faoliyat Namangan viloyatining boshqa tumanlarida ham davom ettiriladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyat vakilligi
Matbuot xizmati

 

Kosonsoyda Kosonsoyda Kosonsoyda Kosonsoyda
O'zbekiston yangiliklari