Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Avgust, 2025   |   4 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:20
Quyosh
05:44
Peshin
12:30
Asr
17:08
Shom
19:08
Xufton
20:25
Bismillah
27 Avgust, 2025, 4 Rabi`ul avval, 1447
Maqolalar

Qabristondan joy sotib olish mumkinmi?

02.05.2025   8678   1 min.
Qabristondan joy sotib olish mumkinmi?

Savol: Hozirgi kunda ayrim odamlar qabristonlardan o‘zlari, oilasi uchun yer sotib olib, sag‘ana qildirib qo‘yishmoqda. Bu ishlari to‘g‘rimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Qabristonlar omma foydalanishi uchun hukumat tarafidan berilgan umumiy joy hisoblanadi, hech kimning shaxsiy mulki emas.

Shunga ko‘ra unga kimdir egalik qilishi, u joydan yer sotishi yoki sotib olishi mumkin emas. Bizdan avvalgi avlodlar, ota-bobolarimiz qabristondan biror narsani olishga, hatto qurigan giyoh olishdan ham cho‘chiganlar.

Hozirda ham ayrim odamlar qabristondagi meva va o‘t-o‘lanlardan foydalanish haqida ko‘p savol berishlari bejizga emas, ana shu hadikdan paydo bo‘lgan. Ammo ming afsuski, ayrim odamlar tomonidan kimlar bilandir til biriktirib, yer sotib olish holati oz bo‘lsa-da, paydo bo‘lmoqda. Bundan ehtiyot bo‘lish lozim. Chunki bu nohaqdan yer olish hisoblanadi. Bu haqda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam qattiq ogohlantirib, bunday deganlar: “Kim bir qarich yerni nohaqdan olsa, qiyomat kuni uni yetti qavat yer yutadi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Sa’id ibn Zayd roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bir qarich yerni zulm ila olsa, qiyomat kuni uning bo‘yniga yetti qavat yer osib qo‘yiladi”, deganlar (Muttafaqun alayh).

Bu ishning qanchalik og‘ir ekanini tushunmagan odamlar turli vositalar bilan bir qarich bo‘lsa ham birovning yerini o‘ziga qo‘shib olishga harakat qiladilar. Islomda bu ish zulm hisoblanadi va katta gunoh sifatida qoralanadi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Yangi o‘quv yili boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi

25.08.2025   2150   1 min.
Yangi o‘quv yili boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining tegishli buyrug‘i bilan oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida yangi 2025/2026-o‘quv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi.

 

 Unga ko‘ra:

 

o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining barcha kurs talabalari va oliy diniy ta’lim muassasalarining 1-kurs talabalari uchun dars jarayonlari 2025 yil 3 sentyabrdan; 

 

oliy diniy ta’lim muassasalarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 8 sentyabrdan boshlanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati