Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Noyabr, 2025   |   21 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:46
Quyosh
07:07
Peshin
12:12
Asr
15:25
Shom
17:10
Xufton
18:25
Bismillah
12 Noyabr, 2025, 21 Jumadul avval, 1447

Rasman: “Haj – 2025” mavsumi 13 may kunidan boshlanadi!

06.05.2025   15778   1 min.
Rasman: “Haj – 2025” mavsumi 13 may kunidan boshlanadi!

O‘zbekistondagi 2025 yilgi Haj mavsumi shu yil 13 maydan boshlanadi. 28 mayga qadar har kuni yurtimizdan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi. 

Ziyoratchilar yurtimizning 9 ta hududidagi Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchadi.

Aviaparvozlar Uzbekistan Airways bilan birga FlyNas va FlyAdeal aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. 

Haj tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda:

– Ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;

– Emlash ishlari olib borildi;

– Guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirildi;

– Safar oldidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi;

– Hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, har bir ziyoratchiga quyidagilar taqdim etilmoqda:

– "Haj – buyuk ibodatdir" qo‘llanmasi, sumka, nimcha, termos, soyabon, sim-karta va quvvatlagich.

Ayni paytda guruh rahbarlari ziyoratchilar bilan Haj amallari bo‘yicha suhbatlar olib bormoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida Haj amallari haqidagi suhbatlar, tavsiyalar va maqolalar taqdim etilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

12.11.2025   447   1 min.
“O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan diniy soha xodimlari ishtirokida “O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda imom-xatiblar, imom-noiblar hamda otinoyilar ishtirok etdilar. Suhbat davomida yurtimizdagi dinlararo va millatlararo totuvlik siyosati, shuningdek, bugungi global jarayonlarda diniy soha xodimlarining o‘rni va mas’uliyati haqida atroflicha fikr almashildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professorlari Farhodjon Karimov va Bektosh Berdiyevlar ma’ruza bilan chiqish qildilar. Ular o‘z nutqida bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni jamiyat barqarorligi, davlat siyosatining asosiy ustuni sifatida ta’kidlab o‘tdi.

Yangi O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari bir-birini to‘ldiruvchi, xalq manfaatiga xizmat qiluvchi tizim sifatida shakllanmoqda. Bag‘rikenglik – bu shunchaki shior emas, balki har bir fuqaroning qalbida joy olishi kerak bo‘lgan qadriyat ekani, ta’kidlandi.

Shuningdek, bugun jahondagi ziddiyatlar, ayniqsa, diniy niqob ostidagi nizolar barcha jamiyatlarni ogoh bo‘lishga chorlamoqda. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekistonda turli millat va din vakillarining tinch-totuv, o‘zaro hurmat muhitida yashab kelayotgani qayd etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar davlat va din munosabatlari haqidagi qonunchilik asoslari, diniy erkinlikni ta’minlashga qaratilgan islohotlar, shuningdek, jaholatga qarshi ma’rifat orqali kurashishdagi yangi yo‘nalishlar haqida ham fikr almashdilar.

Suhbat so‘ngida mamlakatimizdagi tinchlik va totuvlik muhitini saqlab qolishda har bir imom, har bir ma’rifat fidoiysi o‘z hissasini qo‘shishi lozimligini ta’kidlab o‘tildi.

Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati

“O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi “O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi “O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi “O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi “O‘zbekistonda bag‘rikenglik: din va davlat munosabatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari