Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Juma kuni o‘n ikki soatdir. Undan qaysi soatda musulmon Allohdan biror narsa so‘rasa, Alloh taolo unga o‘sha narsani berur. Uni asrdan keyingi oxirgi soatda izlanglar", dedilar.
Solihlardan biri aytadi: "Juma kuni asr bilan shom orasida duo qilganimda Robbim duolarimni ijobat qilaverdi. Hatto Robbimdan biron narsa so‘rashga uyaladigan bo‘lib qoldim".
Fazl ibn Fazola rahimahulloh juma kuni asr namozini o‘qigach to quyosh botgunicha duo qilishdan to‘xtamas edi.
Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, “Vaqf” xayriya jamoat fondi raisi Zayniddin domla Eshonqulov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Ilhom Berdiyorovdan iborat delegatsiya xizmat safari bilan Turkiya davlatida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida asosiy e’tibor vaqf ishlari va ziyorat turizmi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilmoqda. Shuningdek, delegatsiya a’zolari Turkiyada ta’lim olayotgan talabalar va istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashib, turli ma’rifiy tadbirlar o‘tkazmoqdalar.
2026 yil 21 aprel kuni Anqara shahrida Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy hamda Turkiya «Vaqf» boshqarmasi rahbariyati bilan muhim muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida Muzaffar Komilov ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi oliy darajadagi ishonchli munosabatlar barcha tizimlarda, xususan, xayriya va diniy-ma’rifiy sohalarda hamkorlik kengayishiga xizmat qilayotganini alohida qayd etdi.
Muloqot davomida ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi xayriya loyihalari yangi bosqichga chiqayotgani e’tirof etilib, istiqboldagi rejalar kelishib olindi. Ushbu muzokaralar yakunida sohaviy aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati