Bugun Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla Kenjayev boshchiligida Gurlan tumanidagi “Usmon Said bobo” jome masjidida ma’naviy-ma’rifiy yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda imom-xatiblar, vakillik xodimlari, tuman bosh imom-xatiblari va otinoyilari, shuningdek, “Haj – 2024” ziyoratchilari, mahalla raislari ishtirok etdi.
So‘ngra hududdagi oilalarga kirilib, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan, nogironligi bor oilalar holidan xabar olindi. Ayrim sabablarga ko‘ra arazlashib qolgan oilalar imomlar, hojilarning hayot tajribasidan kelib chiqqan gaplaridan ta’sirlanib, yarashib oldilar.
Shuningdek, adashib aqidasi buzuq kimsalar tuzog‘iga tushib qolgan fuqarolar bilan ham suhbatlar o‘tkazilib, ularga islomning sof ta’limoti haqida ma’lumotlar berildi.
Bunday xayrli ishlar, ya’ni xalqqa xizmat qilib, odamlarni rozi qilish, Haqning roziligiga sabab bo‘ladi, inshoalloh.
So‘ngra imomlarning yo‘nalishga doir amalga oshirgan ishlari ko‘rib chiqildi.
Xayrli duolar bilan tashrif o‘z nihoyasiga yetdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Xorazm viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Ushbu maqolalarda xalqimiz 30 yildan ko‘p kutgan, mamlakatimiz futboli tarixida yangi sahifa ochgan kun e’tirof etilgan. Aniqrog‘i, futbol bo‘yicha Jahon chempionati Osiyo qit’asi 3-saralash bosqichi 9-turida O‘zbekiston terma jamoasi safarda Birlashgan Arab Amirliklari termasiga qarshi o‘yinda 0:0 hisobidagi durangga erishib, ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani ta’kidlangan.
Mualliflar jahon chempionatiga chiqish ulkan muvaffaqiyat sifatida nafaqat futbolchilar, balki murabbiylar va federatsiyaning ham yutug‘i ekaniga urg‘u bergan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA