Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyun, 2025   |   19 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:39
Bismillah
15 Iyun, 2025, 19 Zulhijja, 1446
Maqolalar

Dinda g‘uluv ketishning salbiy oqibatlari

23.05.2025   8950   1 min.
Dinda g‘uluv ketishning salbiy oqibatlari

#Maqola #Ixtilof #G‘uluv

Islomda "g‘uluv" din ilmini anglashda haddan oshishdir. Alloh taolo bunday ogohlantiradi: "Ayting: "Ey ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmangiz va oldindan adashgan va ko‘plarni adashtirgan hamda to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘iganlarning havoyi nafslariga ergashmangiz!" (Moida surasi, 77-oyat).

Rasululloh alayhissalom "Alloh taolo shariatda ziyoda chuqur ketuvchilar halok bo‘ldilar", deb uch marta aytishlarida, dinda haddan tashqari ziyodalik qilish insonni halok qilish bilan teng ekanligidan ogohlantirmoqdalar. 

Dinda g‘uluvga ketish musulmon jamiyatlarida ixtilof va guruhbozlikka, fitnaga va oxir-oqibat aqidaning buzilishiga olib keladi. Islom tarixida xavorij, mo‘tazila va boshqa oqim va toifalarning vujudga kelishi ham, asosan, dinda g‘uluvga ketish natijasida sodir bo‘lgan. 

Ayni vaqtda, g‘uluvga berilganlar dinni o‘ta og‘ir va mashaqqatli tushuntirganlari bois odamlar to‘g‘ri yo‘ldan adashib, undan bezib qoladilar. Dinda g‘uluvga ketish haqida so‘z yuritilganda aqidaparast oqimlarning aqidaviy masalalarda g‘uluvga ketganlari va ularning xatolari hamda bu e’tiqodlari sof islomiy ta’limotlarga naqadar zid ekanini eslamasdan iloji yo‘q. 

G‘uluvga ketish, sarkashlik, itoatsizlik, manmansirash kabi illatlardan xoli bo‘lgan o‘tmish ajdodlarimiz dinimizni asrab-avaylab, bizgacha yetkazdilar. Shunday ekan, dinning musaffoligini asrash va uni kelajak avlodga asl xolicha yetkazish bizning vazifamizdir.

Abdug‘offor Hakimov, Mingbuloq tumani "Qo‘sh qishloq" jome masjidi imom-xatibi

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Oliyma’hadning 48-bitiruvchilari xatmona tadbiri o‘tkazildi (Foto+)

12.06.2025   6149   1 min.
Oliyma’hadning 48-bitiruvchilari xatmona tadbiri o‘tkazildi (Foto+)

#Xatmona_2025 #Bitiruvchilar
 

Shu yil 11 iyun kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida 2021-2025 o‘quv yilida ta’lim olgan talabalarining “Xatmona – 2025” bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.


Davlat madhiyasi yangragach, bitiruvchi kurs talabasi Saidburxon qori Fazliddinovning Qur’on tilovati va xayrli duolari bilan tadbir boshlandi.


Dastlab O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov so‘zga chiqib bitiruvchilarni tabrikladi. So‘ng Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining bitiruvchilarga yo‘llagan tabriklarini o‘qib eshittirdi.


Shundan so‘ng Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov bitiruvchilarni tabriklab so‘zga chiqdi.


Shuningdek, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘afurovning bitiruvchilarga tabrik so‘zlari ham yetkazildi.


Ma’lumot o‘rnida, Toshkent islom institutini 2024-2025 o‘quv yilida 78 nafar talaba tamomlamoqda. Shundan 8 nafari ayol-qizlar sanaladi. 

Oliymahad.uz

Oliyma’hadning 48-bitiruvchilari xatmona tadbiri o‘tkazildi (Foto+) Oliyma’hadning 48-bitiruvchilari xatmona tadbiri o‘tkazildi (Foto+) Oliyma’hadning 48-bitiruvchilari xatmona tadbiri o‘tkazildi (Foto+) Oliyma’hadning 48-bitiruvchilari xatmona tadbiri o‘tkazildi (Foto+) Oliyma’hadning 48-bitiruvchilari xatmona tadbiri o‘tkazildi (Foto+) Oliyma’hadning 48-bitiruvchilari xatmona tadbiri o‘tkazildi (Foto+) Oliyma’hadning 48-bitiruvchilari xatmona tadbiri o‘tkazildi (Foto+) Oliyma’hadning 48-bitiruvchilari xatmona tadbiri o‘tkazildi (Foto+) Oliyma’hadning 48-bitiruvchilari xatmona tadbiri o‘tkazildi (Foto+)
O'zbekiston yangiliklari